“Chorsu” bozoridagi kiyim doʻkonida yongʻin sodir boʻldi
Foto: Videodan kadr
Toshkent shahar Shayxontohur tumanida joylashgan “Chorsu” bozorida yana yongʻin chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. FVB holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, 25-avgust kuni soat 20:48 da Toshkent shahar FVBga Shayxontohur tumani Zarqaynar koʻchasida joylashgan doʻkonlarning birida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida xabar tushgan.
Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 20:53 da yetib borib, alanga soat 21:06 da oʻchirilgan. Yongʻin oqibatida kiyim doʻkonining ichki qismi 15 kv.m. maydonda yongan.
Taʼkidlanishicha, hozirda hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Holat oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 28-iyun kuni soat 01:12 da “Chorsu” bozori hududidagi savdo doʻkonlarida yongʻin chiqqan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring