Choʻldagi moʻjiza — Sichankoʻl sohillaridan fotoreportaj
Foto: Jahongir BOYMURODOV/«Xalq soʻzi»
Sichankoʻl – Qashqadaryo viloyatidagi eng yirik koʻllardan biri hisoblanadi. Mirishkor tumanining Turkmaniston Respublikasi bilan chegara hududida joylashgan ushbu suv havzasining umumiy maydoni qariyb 7 ming kvadrat metrga teng. Koʻl sizot suvlardan hosil boʻlgan. Barcha tomoni qip-qizil choʻl, qum barxanlaridan iborat.
Sichankoʻl choʻl oʻrtasida joylashgan boʻlsada, uning sohillari barcha fasllarda oʻziga xos goʻzallik kasb etadi. Ayniqsa, bahor faslida koʻl atrofida turli noyob qushlar, gullar, oʻsimliklarni koʻrish mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring