Chiroqchida “Matiz” agʻdarilib, yoʻlovchi vafot etdi
Joriy yilning 17-may kuni soat 21:10 larda, Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, “Humo” MFY, Jar qishlogʻi hududidan oʻtuvchi 4K-287 “Qorakamar-Qalqama” yoʻlining 3-km.da haydovchi 1985-y.t. N.Q. (ayol) “Matiz” rusumli transport vositasida “Qalqama-Chiroqchi” yoʻnalishi tomon tezlikni meʼyoridan oshirgan holatda harakatlanayotib, rul boshqaruvini yoʻqotishi oqibatida, transport vositasi agʻdarilgan.
Natijada, “Matiz” rusumli transport vositasi salonida boʻlgan yoʻlovchi 1979-y.t. L.K. (ayol) ogʻir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Ushbu avtomobil haydovchisi 35 yoshli N.Q tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan, Chiroqchi tumani IIO FMB xuzuridagi TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Barcha yoʻl harakati ishtirokchilaridan yoʻllarda harakatlanganda yoʻl harakati qoidalariga amal qilishlarini soʻrab qolamiz.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring