Chirchiq shahar hokimi vazifasini bajarish vaqtincha oʻrinbosariga yuklandi
Chirchiq shahar hokimi vazifasini bajarish vaqtincha hokim oʻrinbosariga yuklandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimining 24-fevraldagi farmoyishida aytilgan.
Unda keltirilishicha, Davron Hidoyatovning sogʻligʻi yomonlashgani sababli Chirchiq shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarish hokimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Jurʼatbek Rahmonov zimmasiga yuklandi.
Farmoyishga asos sifatida Davron Hidoyatovning tibbiy xulosasi keltirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring