Chimyonning “tashrif qogʻozi”
Foto: Халқ сўзи
Fargʻona tumanida joylashgan Chimyon qishlogʻi koʻhna tarixga ega boʻlib, betakror tabiati, sanatoriy-kurort manzillari, mevazor bogʻlari bilan mashhur. Chimyon patirlari ham keyingi yillarda hududning oʻziga xos “tashrif qogʻozi”ga aylandi.
— Ota-bobolardan meros kasbni mehr bilan davom ettiryapman, axir men va oilamning rizqi shundan, — deydi chimyonlik yosh novvoy Halimjon Ahmedov. — Har kuni erta tongda turib, ish boshlaymiz. Bu yumushda ukam menga yaqin koʻmakdosh. Buyurtmalar asosida kuniga oʻrtacha 250-300 ta patir non yopamiz. Patirlarimiz Fargʻona vodiysi, mamlakatimizning turli hududlari boʻylab yetkazib beriladi.
Chimyon patirlariga novvoylarning mehri, shu bilan birga tabiiy darmondorilarga boy ekologik toza mahsulotlar qoʻshilishi xushtaʼm boʻlishi hamda uzoq muddat sifati buzilmay turishini taʼminlaydi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring