Chilonzorda “Spark” dan giyohvand modda topildi
25-oktyabr kuni taxminan soat 17.40 da Chilonzor tumanidagi YPX postida “Spark” rusumli avtomobil toʻxtatildi. Salon tekshirilganda orqa oʻrindiqdan 30 yoshli Bahodir T.ga tegishli boʻlgan 50,52 gr. marixuana topildi. Bu haqda IIBB xabar berdi.
Ushbu fakt asosida OʻZbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar”) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring