Chilonzorda 3 ta “Malibu” toʻqnashib ketdi
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 12-noyabr kuni soat 13:30larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Chilonzor koʻchasi, 54-uy qarshisida haydovchi, 1983-yilda tugʻilgan U.O. boshqaruvidagi “Malibu” rusumli hamda haydovchi, 1990-yilda tugʻilgan I.R. boshqaruvidagi “Malibu” rusumli va yana bir haydovchi, 1969-yilda tugʻilgan A.X. boshqaruvidagi “Malibu” rusumli transport vositalari ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻlgan.
Natijada 37 yoshli haydovchi U.O. tan jarohati olib shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, toʻqnashuv sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring