Toshkentda fuqaro xonadoniga 1 metrlik ilon kirib oldi
Videodan kadr
Toshkentda FVB qutqaruvchilari uyning ichiga kirib olgan 1 metrlik ilonni zararsizlantirishdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar qildi.
Holat kecha, 29-aprel kuni sodir boʻlgan. Bunda soat 23:24 da Toshkent shahar FVBga “112” tizimi orqali, Chilonzor tumani “Shosh” koʻchasida joylashgan uylar birining ichiga 1 metrlik ilon kirib olganligi va amaliy yordam zarurligi boʻyicha murojaat kelib tushgan.
Shunga koʻra, Chilonzor tumani FVB qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borishgan va uyning ichiga kirib olgan 1 metrlik ilon maxsus idishga solib, hayvonot bogʻi masʼullariga topshirishgan.
Eslatib oʻtamiz, shu kabi holat 28-aprel kuni soat 18:57 da shu tumanning “Beshqoʻrgʻon 4-tor” koʻchasida joylashgan uylar birida ham kuzatilgandi. Unda ilon tabiatga qoʻyib yuborilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring