Chili savdo-sotiqda plastik paketlardan butunlay voz kechdi
Chili savdo-sotiqda ishlarida plastik paketlardan butunlay voz kechdi, bunga esa ikki yil talab etildi.
Bu haqda mamlakatning atrof-muhit vaziri Karolina Shmidt maʼlum qildi.
Uning eslatishicha, mamlakatda plastik paketlardan voz kechish 2018-yilning 3-avgustidan boshlangan. Bugungi kunda esa ushbu jarayon eng soʻnggi bosqich - kichik va oʻrta doʻkonlarda plastik paketlarga taqiq qoʻyish bilan yakunlangan.
Qayd etilishicha, endilikda sotilgan har bir paket uchun doʻkonlar 250 ming pesogacha - taxminan 330 dollargacha jarima toʻlashlari mumkin.
Avvalroq mamlakat boʻylab joylashgan supermarketlarda plastik paketlardan foydalanish toʻxtatilgan, buning natijasi oʻlaroq ushbu mahsulotlarning 5 million donasi sotilishining oldini olishga muvaffaq boʻlingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring