Chikagoda otishma: 14 kishi jarohatlandi
Chikagoning Illinoys shtatida nomaʼlum shaxslar tomonidan otishma sodir etildi va unda 14 kishi jarohatlandi. Jabrlanganlarning barchasi kasalxonaga yetkazilgan. Bu haqda politsiya boshqarmasi vakili Erik Karter jurnalistlarga maʼlum qildi.
“14 kishi jarohatlangan, ularga shaharning turli burchaklaridagi 5 ta kasalxonada tibbiy yordam koʻrsatilmoqda”, dedi u.
Karterning soʻzlariga koʻra, politsiya hozircha otishmaga aloqadorlikda gumon qilinayotgan bir kishini hibsga olgan, otishma sabablari maʼlum emas.
Otishma dafn marosimi boʻlayotgan vaqtda yuz bergan. Marosim joyiga avtomobil kelib toʻxtagan, ichidan odamlar chiqib, marosim ishtirokchilari tomon oʻq uza boshlagan. Bunga javoban marosimdagilar ham oʻq otishgan. Birozdan soʻng hujum uyushtirganlar avtomobilga oʻtirib qochib qolgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring