Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi
Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha boʻlib oʻtadigan navbatdagi imtihon sanasi eʼlon qilindi. Bu haqida “Taʼlim nazorati” Telegram-kanali maʼlum qildi.
Unga koʻra, imtihonning yozma qismi 18-19-oktyabr kunlari, gapirish koʻnikmasini baholash imtihonlari 20-24, 27-31-oktyabr va 3-6-noyabr kunlari boʻlib oʻtishi belgilandi.
Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini “my.gov.uz” saytining “Mening arizalarim” boʻlimidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin boʻladi.
Chet tili imtihoni uchun taqdim etilgan ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi koʻrsatilgan boʻlib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish soʻraladi.
Talabgorlar test sinovi oʻtkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring