Chet tili imtihoni natijalari eʼlon qilindi
2026-yil 10-26-yanvar kunlari boʻlib oʻtgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari eʼlon qilindi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.
Bildirilishicha, test natijalari “my.gov.uz” saytida eʼlon qilingan boʻlib, talabgorlar “Mening arizalarim” boʻlimidan oʻz natijalari bilan tanishishlari mumkin boʻladi.
Test sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlar oʻz sertifikatlarini “my.gov.uz” sayti orqali elektron tarzda yuklab olish imkoniyati ham bor.
Oʻz natijasidan norozi boʻlgan talabgorlar 3 kun mobaynida “my.gov.uz” sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida koʻrib chiqiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring