Chet el valyutasining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

07:44 04 Dekabr 2022 Jamiyat
672 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kogon tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Peshku tumani Markaziy dehqon bozori atrofida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan Z.A. fuqaro D.A.ga jami 200 ming Rossiya rublini 36 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер