Chet el fuqarosi boʻlgan va fuqaroligi boʻlmagan tibbiyot xodimlari ham malaka toifasini olishi mumkin — SSV

18:39 08 Oktyabr 2023 Jamiyat
520 0

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasqidlangan.

Mazkur hujjat tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.

Ushbu jarayonni tashkil etish boʻyicha Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi direktori Sanjar Sharipov maʼlumot berdi.

— Malaka toifalari Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi tomonidan tashkiliy-huquqiy shakli hamda idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar:

— tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanuvchi barcha tashkilotlarda faoliyat yuritadigan shifokorlar, farmatsevtlar;

— “Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligiga ega boʻlgan hamshiralar, oʻrta tibbiyot va oʻrta farmatsevtika xodimlari;

— Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga beriladi.

Shifokor va farmatsevtlar har besh yilda bir marta malaka toifasini berish boʻyicha navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtkaziladi.

Ilgari attestatsiyadan oʻtmagan va ishga yangi qabul kilingan shifokorlar hamda farmatsevtlar yoki oliy taʼlim tashkilotlarini bitirib, birinchi bor ishga kirgan shifokor va farmatsevtlar mutaxassisligi boʻyicha uch yil ish stajiga ega boʻlgandan soʻng malaka toifasini berish maqsadida majburiy attestatsiyadan oʻtkaziladi.

Shifokor va farmatsevtlar malaka toifasini berish boʻyicha majburiy attestatsiyaga oʻz muddatida jalb etilishi uchun shifokor va farmatsevtlar faoliyat koʻrsatayotgan tashkilot rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер