Chempion muddatidan oldin aniqlandi

14:40 12 May 2018 Sport
1343 0
Foto: protoday.uz

Poytaxtimizda ayollar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha mamlakat chempionati oliy liga bahslari bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa g‘olibligiga ikki xalqaro grossmeyster — Gulruhbegim Tohirjonova va Sarvinoz Qurbonboyeva da’vogarlik qilayotgandi.

O‘zbekiston chempioni nomi turnir yakunlanishiga bir tur qolganida aniq bo‘ldi. Sakkizinchi partiyada Tohirjonova qora donalarda o‘ynashiga qaramay, yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni Bahora Abdusattorovani mag‘lubiyatga uchratdi va muddatidan avval mamlakat chempioniga aylandi.

Sunnatilla ISLOMOV.
 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер