Chekishni tashlang, moʻjiza yuz beradi!

22:02 26 May 2020 Jamiyat
1754 0

Olimlar sigareta chekishni tashlagan inson organizmida ijobiy oʻzgarishlar sodir boʻlishini sarhisob qilib chiqdilar. Qisqa vaqt ichida qancha yaxshi tomonga oʻzgarish kuzatilishiga eʼtibor qarating-a!

Chekishni tashlagandan 20 daqiqa oʻtib – yurak ritmi va qon aylanishi meʼyorga qaytadi.

1 kundan soʻng – yurak xuruji xavfi pasayadi.

2 kundan soʻng – hid va taʼm bilish qobiliyati tiklanadi.

3 kundan soʻng – nikotinga qaramlik asta-sekin chekinadi, biroq bu payt jahldorlik va bosh ogʻrigʻi kuzatilishi mumkin.

1 oydan soʻng – oʻpka faoliyati yaxshilanadi, kishining sabr va irodasi ortadi.

1 yildan soʻng – yurak ishemik kasalliklariga chalinish ehtimoli ikki barobar pasayadi.

5 yildan soʻng – tomirlar tonusi yaxshilanadi, tromboz ehtimoli tushadi.

10 yildan soʻng – oʻpka saratoniga chalinish xavfi ikki barobar kamayadi.

20 yildan soʻng – tabriklaymiz, siz umrida ogʻziga sigareta olmagan sogʻlom odam bilan teng boʻldingiz!

Koʻrib turganingizdek, chekishdan voz kechilgan ilk 20 daqiqadayoq organizm bayram qilishni boshlaydi. Biroq, toʻliq tiklanishga 20 yil vaqt ketadi. Bir onlik yolgʻon huzurga 20 yillik sogʻlom hayotni alishtirmang!

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер