Chexiya Prezidenti jonlantirish boʻlimiga yotqizildi
Chexiya Prezidenti Milosh Zeman Pragadagi Markaziy harbiy gospitalning behushlik va reanimatsiya boʻlimida, deb xabar bergan mahalliy OAV.
77 yoshli Zemandagi surunkali kasallik bilan bogʻliq asoratlar kasalxonaga yotqizishga sabab boʻldi, deyiladi xabarda.
Chexiya rahbariga qoʻyilgan tashxis haqida hozircha maʼlum qilinmagan.
Milosh Zeman parlament saylovlarida magʻlub boʻlgan Bosh vazir Andrey Babish bilan uchrashuvdan soʻng Markaziy harbiy gospitalga yotqizilgani aytilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring