Chegaradan qariyb 9,1 mlrd soʻmlik tovarlarni noqonuniy olib oʻtmoqchi boʻlganlar ushlandi
Toshkentdagi “Chuqursoy” bojxona postida MCHJlardan birining nomiga xorijdan temir yoʻl konteynerida keltirilgan yuklar belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.
Natijada, konteynerdagi yuklar orasida yoʻl-yuk kuzatuv hujjatlarida qayd etilmagan 5 ming 300 dona soyabonlar, 251 mingdan ziyod fonar, 3.5 mln dona bolalar uchun sharlar hamda 10 ming 900 dona LED chiroqlari borligi aniqlangan. Bu haqda Bojxona qoʻmitasi Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur tovarlarning umumiy qiymati esa salkam 9.1 mlrd soʻmni tashkil qilmoqda.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ularni bojxona nazoratidan yashirincha olib kirish orqali yuk egalari davlat byudjetiga undirilishi lozim boʻlgan 2.8 mlrd soʻmlik bojxona toʻlovlarini “tejamoqchi” boʻlishgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring