Charter reyslarni tashkil etishda ochiqlik va shaffoflik taʼminlanadi

17:16 25 May 2020 Jamiyat
914 0

Soʻnggi kunlarda Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiyadan olib ketish uchun tashkil qilinayotgan charter reyslari keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda. “Biz ijtimoiy tarmoqlarda vatandoshlarimiz va blogerlarning oʻzbekistonliklarni Vatanimizga qaytarish jarayoni va natijalaridan norozi boʻlib bildirgan sharhlari va videolavhalarini kuzatib bormoqdamiz“ deyiladi TIV xabarida.

Qayd etilishicha, ushbu masalada ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi qator jamoat arboblari va blogerlarni taklif qilib, birgalikda diplomatik missiyalar tuzgan roʻyxatlarga kiritilgan fuqarolar orasidan boʻlajak charter reyslari fuqarolari roʻyxatini shakllantirish tashabbusi bilan chiqdi. Xususan, 2020-yilning 22 va 23-may kunlari oʻtkazilgan muhokamalarda Elchixonaga yordam berish taklifi bilan chiqqan bloger Umid Muydinov va shifokor reanimatolog-anesteziolog Zulfiyabegim Suxina ishtirok etdi.

“Bizni asossiz ravishda axborotni yashirish va yopiqlikda ayblovchi murojaatlarning oldini olish maqsadida, keyingi charter reyslarini tashkillashtirishda ushbu amaliyotni davom ettiramiz” deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер