Dunyo

Belarusda prezident saylovlari dastlabki natijalari eʼlon qilindi

Belarus MSK mamlakatda boʻlib oʻtgan prezident saylovining dastlabki natijalarini eʼlon qildi. Unga koʻra, amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko 80,23, uning asosiy raqibi Svetlana Tixanovskaya 9,9 foiz ovoz olgan. Saylovda saylovchilarning 84,23 foizi ishtirok etgan.

12:00 10 Avgust 2020
Janubiy Koreyada kuchli yomgʻir va koʻchki oqibatida 30dan ortiq inson halok boʻldi

Janubiy Koreyaning tabiiy ofatlar va halokatlarga qarshi kurashish boʻyicha shtabi xabariga koʻra, mamlakatda roʻy bergan suv toshqinlari va tuproq koʻchkilari oqibatida 31 kishi hayotdan koʻz yumgan, 11 kishi bedarak yoʻqolgan. Ushbu hodisa avgust oyi boshidan buyon davom etayotgan kuchli yomgʻirlar...

11:08 10 Avgust 2020
Bosh vazir oʻrinbosari va YETTB vitse-prezidenti nimalarni muhokama qildi?

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) vitse-prezidenti Alan Pillou bilan videokonferensiya shaklida muzokaralar oʻtkazdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

09:51 10 Avgust 2020
AQSH prezidentligiga nomzodni koʻrshapalak tishlab oldi

AQSH Liberallar partiyasidan prezidentlikka nomzod Jo Jorgensen birinchi saylovoldi mitingini oʻtkazib yubordi. Bunga uni koʻrshapalak tishlab olgani sabab boʻlgan.

02:45 10 Avgust 2020
Bayrutda yana ikkita portlash. Aholi hukumatning harakatlaridan norozi

Livan poytaxti Bayrut shahrida 4-avgust kuni yuz bergan portlashdan keyin mahalliy aholi Hukumatning harakatlaridan norozi boʻlib, namoyishlar uyushtirmoqda.

23:27 09 Avgust 2020
Loyi Jirgʻa 400 nafar Tolibon aʼzosini qamoqdan ozod etishga qaror qildi

«Jirgʻa tinchlik muzokaralari boshlanishi yoʻlidagi toʻsiqliklarni bartaraf etish, qon toʻkilishini toʻxtatish va maqsadga muvofiqlikni taʼminlash uchun Tolibonning 400 nafar mahbus aʼzosining ozod qilinishini maʼqullaydi», deya qaror matnidan iqtibos keltirgan “Tolo News” telekanali.

20:27 09 Avgust 2020
Koronavirus vaksinasini yaratish poygasi: marraga kim yaqin?

Epidemiologik muhit ilmiy uyushmalarni harakat qilishga majbur qilmoqda. Yaqin vaqt ichida ayrim dori preparatlarini ommaviy ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Xususan, Gamaleya markazida (Rossiya) koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan vaksina 12-avgustda roʻyxatdan oʻtkaziladi. Dastlab tibbiyot xodimlari va keksa yoshdagilar emlanadi.

18:20 09 Avgust 2020
Xitoy temir yoʻl orqali Yevropa va Markaziy Osiyo bilan savdo hajmini oshirmoqda

Gazetada yozilishicha, 2020-yilning yanvar-iyul oylarida Xitoyning Qozogʻiston bilan chegara hududida joylashgan “Xorgos” temir yoʻl oʻtkazish punkti orqali 2 ming 240 ta poyezd 3,3 million tonna yukni olib oʻtgan. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 55,37 foiz koʻp.

15:47 09 Avgust 2020
Misrning «Al-Xabar al-youm» gazetasida Oʻzbekiston mavzusida turkum materiallar chop etilmoqda

Xususan, Misrning «Al-Xabar al-youm» (Kun xabari) gazetasi oʻz sahifalarida Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligini isloh qilish borasidagi yangi marralar, inson huquqlari boʻyicha Samarqandda oʻtkazilishi rejalashtirilgan xalqaro forum hamda “Toshkent – Qohira” yoʻnalishi boʻyicha amalga oshirilishi belgilangan parvoz jadvali haqida turkum materiallar chop...

12:48 09 Avgust 2020
«Yuventus» sobiq futbolchisini bosh murabbiy qilib tayinladi

«Yuventus» rahbariyati esa yosh mutaxassisga asosiy jamoani topshirishga qaror qildi.

23:34 08 Avgust 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер