Hujjatlar

“Oʻzbekistonning IT-isteʼdodlari” portali ishga tushadi

Qarorga muvofiq, OTMning tegishli taʼlim yoʻnalishlari talabalari oʻrtasida informatika, dasturlash va axborot texnologiyalari sohalarida oʻtkaziladigan respublika va nufuzli xalqaro olimpiadalar sovrindorlari boʻlgan talabalar OTMning tegishli magistraturasi yoʻnalishlariga ajratilgan kvota doirasida davlat grantlari asosida imtihonsiz qabul qilinadi.

12:34 07 Oktyabr 2020
Majburiy toʻlovlarni onlayn rejimda toʻlash imkoniyati yaratiladi

Belgilangan yillarda hudud va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish dasturlari doirasida, jumladan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning turli sohalarida 400 dan ortiq axborot tizimlari, elektron xizmatlar va boshqa dasturiy mahsulotlar joriy etiladi.

16:55 06 Oktyabr 2020
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari inspektorining faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilandi

Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik, shuningdek uning koʻrsatmalarini bajarmaganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi.

11:34 06 Oktyabr 2020
Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi bir vaqtning oʻzida sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari lavozimini egallaydi

Prezidentimizning shu yil 2-oktyabrda qabul qilingan “Sogʻliqni saqlash sohasida davlat boshqaruv tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, Sogʻliqni saqlash vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga ayrim oʻzgarishlar kiritildi.

13:18 05 Oktyabr 2020
Elektr energiyasini hisoblash yangicha prinsipda amalga oshiriladi

“Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

15:50 02 Oktyabr 2020
Opera sanʼatiga ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etiladi

“Opera sanʼatiga ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etish toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi

12:29 02 Oktyabr 2020
Moliya vazirligining bir qator funksiyalari Soliq maslahatchilari palatasiga oʻtkaziladi

“Soliq maslahati sohasini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori (PQ–4846-son, 30.09.2020-y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

10:04 02 Oktyabr 2020
Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida

Mamlakatimizda taʼlim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, sohaga doir islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, oʻquv-tarbiya jarayoniga ilgʻor xorijiy tajribalar, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish ishlariga qoʻshgan munosib hissasi, oʻquvchilarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni oʻrgatish, ularning intellektual salohiyatini...

19:40 30 Sentyabr 2020
​​​​​​​Hokimlarning ayrim funksiya va vakolatlari bekor qilindi

​​​​​​​“Byurokratik toʻsiqlar yana-da qisqartirilishi hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillari joriy qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–638, 28.09.2020) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

10:17 29 Sentyabr 2020
Jismoniy shaxslarga oltin yombi va tangalarni horijga olib chiqishga ruxsat berildi

“Qimmatbaho metallar muomalasini tartibga solishni yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi

19:32 26 Sentyabr 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер