All

Sherzod Shermatov: “Davlat idoralari o‘qituvchilar ishiga xalaqit qilsa, Prezident siyosatiga qarshi chiqqan bo‘ladi!”

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov vazirlikning Facebook‘dagi sahifasida 17 iyul kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilish borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

17:07 19 Iyul 2018
Aliment bo‘yicha qarzdorligi bo‘lgan fuqarolarning haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yilishi mumkin

Bu bo‘yicha tegishli norma milliy qonunchilikda o‘z ifodasini topishi mumkin. Bolalar huquqlarini himoya qilish va aliment to‘lashni ta’minlash bo‘yicha bu boradagi yangi tashabbus parlament quyi palatasida tashkil etilgan davra suhbatida muhokama qilindi.

17:05 19 Iyul 2018
Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi nima uchun tuzildi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 iyuldagi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi.

16:52 19 Iyul 2018
Toshkent viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2018 yil 16 iyuldagi buyrug‘iga asosan Raxmatov Shavkat Turakulovich Toshkent viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

16:29 19 Iyul 2018
Dunyoga mashhur brendlardan biri Samarqandda zamonaviy mehmonxona quradi

Tez orada Samarqand shahrida zamonaviy, barcha qulayliklarga ega, xorijiy mehmonlarga ma’qul keladigan to‘rt yulduzli mehmonxonalar soni yana bittaga ko‘payishi mumkin.

16:11 19 Iyul 2018
“Obod qishloq” dasturi: Nurafshonda ko‘chalar vayron, aholi hayron

Mirzaobod tumanidagi “Nurafshon” mahallasida “Obod qishloq” dasturi ijrosi aholi turar-joylariga tegishli noqonuniy qurilgan va me’moriy jihatdan ko‘rimsiz devorlar hamda imoratlarni buzishdan boshlandi.

15:47 19 Iyul 2018
AQSH, Buyuk Britaniya, Xitoy va Hindiston fuqarolari O‘zbekistonga kelishga qiziqmoqda

O‘zbekistonda elektron viza berish tizimi ishga tushirilishi bilan ikki kun ichida 28 mamlakat fuqarolaridan kirish vizasi olish uchun 200ga yaqin ariza kelib tushdi va ulardan 31 tasiga viza berildi.

15:26 19 Iyul 2018
“Dallas cho‘ponlari” “MYU” va “Real Madrid”ni ortda qoldirib ketdi

Dunyoda futbolga bo‘lgan qiziqishi juda yuqori bo‘lishiga qaramay, eng qimmat klub maqomi boshqa sport turida faoliyat yuritadigan jamoaga nasib etdi.

15:17 19 Iyul 2018
Uydan turib STIR olish yoki uni o‘zgartirish imkoniyati yaratildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my2.gov.uz)da “Jismoniy shaxslar uchun STIR olish yoki STIR ma’lumotlarini o‘zgartirish” xizmati ishga tushirildi.

15:03 19 Iyul 2018
O‘zbekistonda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot salkam 600 dollarga yetdi

2018 yilning yanvar – iyun oylari uchun yalpi ichki mahsulot (YAIM)ning dastlabki baholanishini amalga oshirildi.

14:57 19 Iyul 2018
Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni qo‘llab-quvvatlovchi markaz tashkil etildi

Mahkumlarga shaxsiy hujjatlarni tiklash va pasport olishda yordam ko‘rsatiladi, ularning pensiya sug‘urtasi, mehnat daftarchasini rasmiylashtirish shaxs jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingunga qadar amalga oshiriladi.

14:39 19 Iyul 2018
Astronomlar Yupiterning 12 yangi yo‘ldoshini aniqlashdi

AQSHlik astronomlar Yupiterning yana 12 ta yangi yo‘ldoshi borligini aniqlashdi. Shunday qilib ushbu sayyora yo‘ldoshlari soni 79 taga yetdi.

14:32 19 Iyul 2018
O‘zbekiston Prezidentining maxsus vakili AQSH elchisi bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Tashqi ishlar vazirligida Amerika Qo‘shma Shtatlari Favqulodda va muxtor elchisi Pamela Leora Spratlen bilan uchrashdi.

14:25 19 Iyul 2018
Endi terminal orqali amalga oshirilgan to‘lovni bekor qilish mumkin

Yagona umumrespublika protsessing markazi mutaxassislari tomonidan ko‘p xususiyatli “Xalqaro to‘lov tizimi” nomli dasturiy ta’minot o‘rnatilgan barcha Uzcard POS-terminallarida “Tranzaksiyani bekor qilish” qo‘shimcha funksiyasi faollashtirildi.

14:19 19 Iyul 2018
Toshkent tumanlaridan biriga tadbirkor hokim etib tayinlandi

Mamadjanov Shohrux Baxtiyorovich Toshkentning Bektemir tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

13:48 19 Iyul 2018
Ichki ishlar vaziri Samarqandda yig‘ilish o‘tkazdi. Kattaqo‘rg‘on IIBning barcha xodimlari qayta attestatsiyadan o‘tadi

Samarqand viloyati ichki ishlar organlari faoliyatiga doir tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Viloyatning ayrim hududlarida huquq-tartibot idoralari keng jamoatchilik vakillari bilan birgalikda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyat sodir qilgan shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligini ta’minlash, aholiga o‘z vaqtida va sifatli yordam ko‘rsatish...

13:02 19 Iyul 2018
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida dars soatlari kamaytirilishi mumkin

Bugungi kunda mamlakatimizdagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida dars soatlari yuklamasi haftasiga 35 soatdan ko‘p. Vaholanki, Yevropa davlatlarida bu ko‘rsatkich 30-32 soatdan oshmaydi.

12:08 19 Iyul 2018
Polvonlarimiz Osiyo chempionatining dastlabki kuni to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi

Hindistonning Nyu-Deli shahrida sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati boshlandi.

12:07 19 Iyul 2018
O‘zbekistonda Visa kartochkalari ish boshlashi haqidagi xabarlar rad etildi

Visa O‘zbekiston bozorida tez orada chiqarilishi aytilgan UzCard-Visa kartasi to‘g‘risidagi matbuotdagi xabarni rad etib chiqdi.

12:01 19 Iyul 2018
Turkmanistonda ilk bor kompyuterlar ishlab chiqarila boshlandi

Turkmanistonda ilk bor kompyuter ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.

11:46 19 Iyul 2018

Yangiliklar taqvimi

Кластер