All

Toshkentda Janubiy Koreyaning nufuzli universitetining filiali ochiladi

1973 yilda tashkil etilgan Aju universiteti nafaqat Janubiy Koreyada, balki jahonda ham nufuzli oliy o‘quv yurtlardan biri hisoblanadi.

16:29 20 Iyul 2018
Toshkent shahri yer usti metrosining birinchi bosqichi kelgusi yil Navro‘zda ishga tushiriladi

Umumiy uzunligi 52,1 kilometrdan iborat mazkur metro qurilishi besh bosqichda amalga oshiriladi. Dastlab Toshkent metropolitenining “Do‘stlik” bekatidan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan qismi quriladi. 11 kilometrlik bu qismda sakkizta bekat bunyod etiladi.

16:29 20 Iyul 2018
O‘zbekistonda bolalar va yoshlar huquqlari bo‘yicha vakil instituti joriy qilinadi

Bugun dunyoning 30 dan ortiq davlatlarida Bolalar ombudsmani faoliyat yuritadi. Ularning asosiy vazifasi Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya qoidalarini qonunchilikka tatbiq etish, bolaning shaxsi, sha’ni, qadr-qimmati, huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlari himoyasiga butun jamiyat va davlatni faol jalb etishdan iboratdir.

16:25 20 Iyul 2018
Yangiyerda energiyani 90 foizgacha tejaydigan lampalar ishlab chiqarilmoqda

Yangiyer kichik sanoat zonasida energiyani 90 foizgacha tejaydigan lampalar ishlab chiqarilmoqda.

16:12 20 Iyul 2018
Toshkent shahrining yangi gerbini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi

Joriy yilning 25 avgustiga qadar Toshkent shahri ramzi — gerbini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi.

15:53 20 Iyul 2018
Yil boshidan buyon Samarqandda 9 nafar onalar, 233 go‘daklar o‘limi qayd etildi

Joriy yilning o‘tgan davrida viloyatda 9 nafar onalar o‘limi qayd etildi. Bu haqda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining ellik to‘rtinchi sessiyasida viloyat hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i A. Jo‘rayev ma’lum qildi.

15:50 20 Iyul 2018
11 mln. so‘m va 22 ming dollarni aldab o‘zlashtirgan firibgar ushlandi

4 iyul kuni Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumani “Bobur” MFYda yashovchi F.R. IIBga firibgarlik bo‘yicha murojaat qildi.

15:46 20 Iyul 2018
Erkinjon Turdimov: Go‘shtning 6 kilogrammi bolalarga berilsa, qolgan 5 kilogrammi qayerga ketyapti?

Samarqand viloyatida o‘tkazilgan Xalq deputatlari viloyat Kengashining 54-sessiyasida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov Narpay tumanidagi bog‘chadagi achinarli holat bo‘yicha ham to‘xtalib o‘tildi.

15:43 20 Iyul 2018
Bahodir Jalolov professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi

22 iyul kuni tongda professional ringda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov AQSHda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.

15:10 20 Iyul 2018
Samarqandda yil boshidan buyon 194 kishi o‘z joniga qasd qildi

So‘nggi 6 oyda Samarqandda o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi.

14:57 20 Iyul 2018
Yil boshidan buyon salkam 5,5 ming odam tadbirkorlikka o‘qitildi

Joriy yilning birinchi yarmida hududlarda jami 308 ta bepul o‘quv kurslariga 5496 nafar tadbirkorlik subyekti vakillari hamda aholi jalb etilgan. Shundan 4758 nafariga sertifikatlar berilgan.

14:34 20 Iyul 2018
E.Turdimov​: Yakshanba kuni shahar va tuman hokimlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga chiqadi​

Bu haqda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining ellik to‘rtinchi sessiyasida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov ma’lum qildi.

14:10 20 Iyul 2018
Erkinjon Turdimov: “Odamlardan so‘rang, hokimiyat, ichki ishlar haqida yaxshi gap aytmaydi”

Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 54-sessiyasida qilgan nutqida bir qator muhim masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

12:59 20 Iyul 2018
Jizzaxda fermerni urgan IIB boshlig‘i ustidan jinoiy ish ochildi

Yangiobod tuman IIB boshlig‘i I.Sulaymonov o‘g‘li S.Qurbonboyevni urib tan jarohati yetkazganligini bildirib, I.Sulaymonovga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

12:48 20 Iyul 2018
Ilmiy ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 100 million dollar grant ajratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yadro fizikasi institutida Fanlar akademiyasi va ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan muloqot qildi.

12:31 20 Iyul 2018
Samarqand viloyati hokimi telegram orqali murojaatlar qabul qilishni boshladi

Samarqand viloyatining yangi hokimi Erkinjon Turdimov fuqarolar murojaatini eshitish maqsadida o‘zining telegram messenjerini ishga tushirdi.

12:07 20 Iyul 2018
MIB xodimlariga aholi bilan ishlashda madaniyatli va xushmuomala bo‘lish tavsiya etildi

Bugun, 20 iyul kuni Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosida jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari ishtirokida taniqli yuridik fanlari doktori, professor Gulchehra Matkarimova ishtirokida “Xodimlarning kasbiy etikasi va madaniyatini oshirish masalalari” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

11:44 20 Iyul 2018
Yana bir vazirlik xodimlari Toshkentda propiska qilinishi mumkin bo‘ldi

Maktabgacha ta’lim vazirligida ishlovchi xodimlar ham Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkinligi belgilandi.

11:35 20 Iyul 2018
Shavkat Mirziyoyev olimlar shaharchasini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutiga tashrif buyurdi.

11:00 20 Iyul 2018
O‘zbekiston tumani aholisini kafolatli ish bilan ta’minlash maqsadida Hukumat qarori qabul qilindi

Туманда 2018-2019 йилларда кафолатли иш ўринларини ташкил этиш ҳамда саноат, хизматлар соҳаси ва қишлоқ хўжалигини ривожлантириш бўйича жами 49 та лойиҳа амалга оширилади.

10:39 20 Iyul 2018

Yangiliklar taqvimi

Кластер