All

Sirdaryo viloyati hokimi poytaxtda oʻqiyotgan talabalar bilan uchrashdi

Toshkent shahridagi “ Farovon“ restoranida Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofirjon Mirzayev poytaxtdagi oliy oʻquv yurtlarida tahsil olayotgan sirdaryolik talabalar bilan uchrashdi.

13:55 22 Dekabr 2018
Oʻzbekiston tibbiyotida elektron sogʻliqni saqlashni rivojlantirishga start berildi

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov yurtimizga tashrif buyurgan Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosi boʻlimi direktori Klaudia Steyn boshchiligida JSSTdelegatsiyasi bilan uchrashdi.

11:54 22 Dekabr 2018
Toshkent yuqori texnologiyalar rivojlangan yirik xalqaro markazga aylanadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 dekabr kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va yirik loyihalar bilan tanishdi.

20:30 21 Dekabr 2018
Fargʻona viloyati hokimi tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazdi

Bugun Fargʻona shahridagi “Tadbirkorlar markazi”da viloyat hokimi Shuhrat Gʻaniyev 500 dan ortiq tadbirkorlar bilan uchrashdi.

18:26 21 Dekabr 2018
Xatlovda 2231 nafar shaxsning mehnat faoliyati qonuniylashtirildi

Toshkent viloyati hokimligida soliq tizimidagi islohotlar samaradorligini taʼminlash va byudjetga qoʻshimcha daromad zaxiralarini aniqlash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahliliga bagʻishlangan tadbir tashkil etildi.

18:26 21 Dekabr 2018
Qiziriqda oilaviy poliklinika ish boshladi (Fotoreportaj)

100 qatnovga moʻljallangan poliklinika “Termiz daryo porti” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan ajratilgan 2 milliard 250 million soʻmlik homiylik mablagʻi hisobida rekonstruksiya qilinib, zarur jihoz, tibbiy uskuna va apparatlar bilan jihozlandi.

18:22 21 Dekabr 2018
Shavkat Mirziyoyev: mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yoʻq

Davlatimiz rahbari milliy-diniy qadriyatlarimizni tiklash, buyuk ajdodlarimizning islom rivojiga qoʻshgan ulkan hissasini targʻib etishga alohida eʼtibor qaratmoqda.

17:59 21 Dekabr 2018
Shavkat Mirziyoyev qurilish sohasida yangi tizim yaratilganini taʼkidladi

Bugun poytaxtimizning Sergeli tumanida qurilish kranlari shunchalik koʻpki, xuddi daraxtzorga oʻxshaydi. Bu bunyodkorlik ishlari koʻlamidan, shiddatidan.

16:31 21 Dekabr 2018
Hind kompaniyasi oʻzbek olimlari yaratgan texnologiyani tijoratlashtirish imkoniyatini koʻrib chiqadi

Innovatsion rivojlanish vazirligida Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada kengaytirish ishlari doirasida Hindistonning “Arvind Limited” tekstil kompaniyasi rahbarlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

16:27 21 Dekabr 2018
Sudyalarga avtomobil sotib olish uchun imtiyozli kreditlar beriladi

Sudyalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

15:45 21 Dekabr 2018
Prezident Turkiya texnologiyasi asosiyda qurilayotgan 9 qavatli uylarni borib koʻrdi

Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumani Bogʻiston koʻchasida bunyod etiladigan koʻp qavatli uylarning qurilish maydonida boʻldi.

15:19 21 Dekabr 2018
Termizdagi maktabga Q-Box qurilmasi oʻrnatilmoqda. U qanday afzallikka ega?

Q-Box — respublikamizning chekka hududlaridagi taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan oʻquvchi hamda talabalarga Wi-Fi tizimi shaklida taʼlim dasturlarini va maʼlumotlar bazasini oʻz ichiga olgan ulkan kontentdir.

15:17 21 Dekabr 2018
2019 yil 1 yanvardan koʻchaga tupurganlar ham jarima toʻlaydi

Bishkek shahar merligi shaharliklarni ushbu qoida kuchga kirayotgan Qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi kodeksdan oʻrin olgani haqida maʼlum qildi.

15:00 21 Dekabr 2018
Oʻzbekistonda jinoyatchilik 22 ming 974 taga yoki 34,9 foizga kamaydi

Shundan, oʻta ogʻir turdagi jinoyatlar 850 taga, ogʻir jinoyatlar 1 ming 764 taga kamaydi.

15:00 21 Dekabr 2018
Qizil kitob qanday tayyorlanadi?

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritishni tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

14:14 21 Dekabr 2018
Shohjahon Ergashev navbatdagi jangini yengilmas bokschiga qarshi oʻtkazadi

Oʻzbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev 2019 yilning 23 fevralida Nyu-York shahrida oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazadi.

14:01 21 Dekabr 2018
Navoiyda “Kovorking markazi” ish boshladi. U nima maqsadda tashkil etildi?

Kovorking soʻzining oʻziyoq bu maskan yoshlarning hayotga yangicha yondashuvi, zamonaviy fikrlar, innovatsion gʻoyalar shakllanadigan, hayotga tatbiq etiladigan markaz boʻlishiga ishoradir.

13:37 21 Dekabr 2018
Shavkat Mirziyoyev investitsiya loyihalari boʻyicha topshiriqlar berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Steel property construction” qoʻshma korxonasining ishlab chiqarish quvvatlarini koʻzdan kechirdi.

13:29 21 Dekabr 2018
Endi UZCARD plastik kartochkalarini naqd pul orqali toʻldirish imkoniyati yaratildi

Endi Uzcard karta eagalarida oʻz plastik kartalarining hisobini pul mablagʻi bilan toʻldirish uchun unga xizmat koʻrsatayotgan bankga borish ehtiyoji qolmadi

12:44 21 Dekabr 2018
Surxondaryoda Yangi yil shukuhi (Fotoreportaj)

Termiz shahridagi Mustaqillik maydonida 35,5 metrlik ulkan, salobatli archa oʻrnatilib, rang-barang oʻyinchoq va chiroqlar bilan bezatilgan.

12:35 21 Dekabr 2018

Yangiliklar taqvimi

Кластер