All
2019 yil 2 fevraldan boshlab, Toshkent — Buxoro — Toshkent yoʻnalishida yoʻlovchilarning uzogʻini yaqin qilayotgan №762/761 “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi zamonaviy poyezdlari Jizzax vokzalida 2 daqiqa toʻxtashi yoʻlga qoʻyildi.
19:44 02 Fevral 2019Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 30 nafar harbiy xizmatchisiga Nukus shahrida qurilgan koʻp qavatli yangi uylarning kalitlari topshirildi.
19:09 02 Fevral 2019Bugun Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining navbatdagi hayʼat majlisi boʻlib oʻtdi. Uni agentlik direktori Xalilillo Toʻraxoʻjayev boshqardi.
18:38 02 Fevral 2019Yaqinda poytaxtimizning Uchtepa tumani, 23-mavzesidagi 20-uyda roʻy bergan voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻldi. Maʼlum qilinganidek, fuqaro S. Saidkarimov 20-uyning 25-xonadonini 2015 yil sotib olgach, tegishli tashkilotlardan ruxsat olmasdan taʼmirlash ishlarini olib borib, xonadonning ichkarisida oʻzgartirishlar qilgan.
17:33 02 Fevral 2019Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Vena shahrida Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh direktori Yukiya Amano bilan uchrashdi.
17:29 02 Fevral 2019Siz ham eshitgandirsiz?! Oʻtgan yili Ukrainada yongʻoq eksporti 83 foiz oʻsibdi. Ushbu davlat Yevropa va Osiyo mamlakatlariga 67,1 million AQSH dollarilik mahsulot yetkazib berib, sohada yetakchilar safidan joy oldi.
17:25 02 Fevral 2019Koʻprik qurilishi uchun 5 milliard 394 million soʻm mablagʻ ajratildi. Tez kunlarda ikki tumanni oʻzaro bogʻlab turuvchi koʻprik taʼmirlanib, 50 yillik muammo bartaraf etiladi.
17:17 02 Fevral 2019Pult orqali boshqariladigan hayhotdek maxsus savatdagi 60 — 65 tonna temir parchalari va boshqa qotishmalar alangalanib turgan pechga tashlandi. Bu paytda pechdan olov purkaladi. Uning yorugʻligi koʻzni qamashtiradi, shovqini esa quloqni qomatga keltiradi.
17:06 02 Fevral 2019Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 30-31 yanvar kunlari Jizzax viloyatiga amalga oshirgan tashrifi hududni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish, aholi turmush farovonligini yanada yuksaltirish borasida yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.
16:56 02 Fevral 2019Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
16:52 02 Fevral 2019Oʻzbekiston Prezidentining “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilinganiga bir yil toʻldi.
00:38 02 Fevral 2019Nurchilar shahri — Shirinda radiouzel faoliyat boshladi. Dastlabki eshittirishlar “Yoshlar xiyoboni”ga oʻrnatilgan ovozuzatgichlar orqali tinglovchilar eʼtiboriga havola qilindi.
17:40 01 Fevral 2019“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasining Milan — Toshkent yoʻnalishi qatnovida poytaxtimizga vizasiz tashrif buyurgan ilk sayyoh uchib keldi.
17:19 01 Fevral 20192019 yilning 1 fevral kuni Adliya vazirligi huzuridagi eng yangi IT-texnologiyalari va raqamli uskunalar bilan jihozlangan Axborot-tahlil multimedia markazi taqdimoti boʻlib oʻtdi.
17:05 01 Fevral 2019Departamentning Rishton tumani boʻlimi va DXX Fargʻona viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Rishton tumani “Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazi” direktori I. K. qoʻlga olindi.
17:03 01 Fevral 20192019 yilning 29 yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish va aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
16:52 01 Fevral 20192019 yilning yanvar oyida mamlakat isteʼmol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi oʻrtacha 1,5 %ga oshdi.
16:19 01 Fevral 2019Termiz davlat universitetida Qatagʻon qurbonlari xotira muzeyi tashkil etildi. Zamonaviy texnik vositalar - sensor kiosk, manitorlar bilan jihozlangan podiumlarda turli hujjatlar, foto va video materiallar hamda qimmatli tarixiy eksponatlar joy olgan.
15:49 01 Fevral 2019Oʻzbekiston boks federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelgan Sherzod Toshmatov isteʼfoga chiqariladi.
15:23 01 Fevral 2019“Islom daraxti Arabistonda ekilgan boʻlsa-da, mevasi Movarounnahrda yetilgan”, deydilar. Chindan ham, Oʻzbekiston koʻplab diniy va dunyoviy bilimlarga ulkan hissa qoʻshgan zotlar, qomusiy olimlar, allomalar Vatani. Yurtimizning dunyoda islom sivilizatsiyasi markazi sifatida koʻrilishi ham bejiz emas, albatta.
15:01 01 Fevral 2019