All

Andijon shahridagi markaziy poliklinikada yuzaga kelgan portlash sabablari maʼlum qilindi

26-fevral kuni soat 10:26 da Andijon shahar koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi hududidagi “Issiqlik manbai” AJga qarashli isitish qozonida portlash yuzaga kelgan edi. Tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidan olib borilgan oʻrganishlar natijasida portlash sabablari aniqlandi.

19:39 01 Mart 2019
Ikkita xalqaro bitim imzolandi

“Ilm-fan — 2020” milliy rivojlanish dasturi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda “Times Higher Education” xalqaro reyting agentligi, shuningdek, jahonga mashhur “Elsevier” nashriyot uyi oʻrtasida SciVal axborot-tahliliy portali maʼlumotlaridan foydalanish boʻyicha bitim imzolandi.

17:52 01 Mart 2019
Italiya universiteti bilan birgalikda taʼlim dasturlari amalga oshiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Respublika biznes va boshqaruv oliy maktabi Milan texnika universiteti qoshidagi Oliy biznes maktabi bilan hamkorlikda taʼlim dasturlarini amalga oshiradi.

17:30 01 Mart 2019
2019 yil 1 martdan qonunchilikda nimalar oʻzgaradi?

Bugundan boshlab jismoniy shaxslar ham qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin.

17:13 01 Mart 2019
Namangan viloyatini kompleks rivojlantirish uchun 2,8 milliard dollar ajratiladi

Namangan viloyatini kompleks rivojlantirish uchun 2,8 milliard dollarlik Dastur ishlab chiqildi.

16:45 01 Mart 2019
Toshkent viloyatida sobiq xotinini oʻldirish uchun 1500 dollar vaʼda qilib, qotillikka odam yollagan shaxs ushlandi

Toshkent viloyatida sobiq turmush oʻrtogʻini oʻldirish uchun 1500 AQSH dollar vaʼda qilib, qotillikka odam yollagan shaxs qoʻlga olindi.

16:30 01 Mart 2019
Shohjahon Ergashev WBA reytingida yuqoriladi, Shahram Gʻiyosov reytingni tark etdi

Butunjahon boks assotsiatsiyasi WBA professional bokschilarning yangi reytingini eʼlon qildi. Unda Shohjahon Ergashev (16-0, 14 KO) mavqeini yaxshilab oldi.

16:02 01 Mart 2019
Oʻzbekistonning yangi media imiji qanday?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmonida nazarda tutilgan mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash, jahon media makonini respublikamiz haqidagi xolis maʼlumotlar bilan taʼminlashga eʼtibor qaratilganligi soha ekspertlari, tegishli tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari...

15:18 01 Mart 2019
Oʻzbek anorlari Fransiyadagi eng yirik bozor rastalarida ilk bor paydo boʻldi

Serquyosh diyorimizda yetishtirilgan anorlar Fransiyadagi eng yirik Rungis bozori rastalarida paydo boʻldi.

14:47 01 Mart 2019
Senator: «Kasbida qariyb 60 ming dollarlik xorijdan keltirilgan tibbiyot uskunalari malakali mutaxassislar yetishmasligi sababli ishlatilmayapti»

Qashqadaryo viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti yuzasidan senator T.Madumarov muzokara oʻtkazdi.

14:09 01 Mart 2019
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyati faollari ishtirokida yigʻilish oʻtkazmoqda

Namangan shahrida viloyat faollari, vazirlik va idoralar rahbarlari, nuroniylar, tadbirkorlar, yoshlar ishtirokida yigʻilish boshlandi.

12:40 01 Mart 2019
Ayrim mahallalarda jinoyatlar soni oshgan. Suitsidlar, oʻtkir virusli gepatit va OIV infeksiyasida aziyat chekayotganlar ham koʻpaygan

Qashqadaryoda jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida qanday ishlar qilindi?

12:39 01 Mart 2019
Qashqadaryoda tibbiyotning qaysi yoʻnalishidagi kadrlar eng koʻp yetishmayapti?

Qashqadaryo viloyati hokimi oʻz axborotida hududdagi sogʻliqni saqlash masalasiga ham toʻxtalib oʻtdi.

12:25 01 Mart 2019
Qashqadaryodagi bogʻchalarning 67 foizi tabiiy gaz bilan taʼminlanmagan

 Qashqadaryo viloyati hokimi oʻz axborotida hududdagi bogʻcha va maktablar faoliyati, ulardagi ahvolga ham toʻxtalib oʻtdi.

12:23 01 Mart 2019
Qashqadaryoda ichki xoʻjaliklararo avtomobil yoʻllarining 75 foizi taʼmirtalab

Qashqadaryo viloyatida jami 15 019,9 km. ichki xoʻjaliklararo avtomobil yoʻllari mavjud boʻlib, uning 11 265 km.i (75 foizi) taʼmirtalab ahvolda. Bu haqda viloyat hokimi Z. Roʻziyev Senat yalpi majlisida aytib oʻtdi.

12:10 01 Mart 2019
Hokim elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi taʼminotidagi muammolar haqida ochiq-oydin gapirdi

Senat yalpi majlisida Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Roʻziyev hududni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirishga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan muammo va kamchiliklar haqida ochiq-oydin gapirdi.

12:09 01 Mart 2019
Qashqadaryoda nega ayrim tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmasdan kelmoqda?

Senat yalpi majlisida Qashqadaryo viloyati hokimi parlament vakillariga hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisobotini taqdim etdi.

12:08 01 Mart 2019
“Biz korrupsiyaga qarshimiz” megatanlovida qancha odam insho yozdi?

Adliya vazirligi tomonidan davlat organlari bilan hamkorlikda manzilli targʻibot loyihasi ham amalga oshirilyapti.

12:07 01 Mart 2019
Adliya vazirligi boshqa davlat organlariga oʻrnak boʻlish uchun nima qildi?

Adliya vaziri axborotida 2018 yilda davlat organlari tomonidan qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish boʻyicha 900 mingdan ortiq huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazilib (oʻtgan yilgiga nisbatan 200 mingtaga koʻp), ularda 10 milliondan ziyod aholi qamrab olingani qayd etildi.

12:06 01 Mart 2019
Investorlar uchun qiziq boʻlgan qonun hujjatlari ingliz tiliga oʻgirilyapti

Adliya vaziri internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlarining milliy bazasi – “LexUZ”faoliyati muntazam ravishda takomillashtirib borilayotganini aytib oʻtdi.

12:05 01 Mart 2019

Yangiliklar taqvimi

Кластер