All

Xorazmlik dzyudochi qizga uy sovgʻa qilindi

Yaqinda Urganch shahridagi “Yoshlar markazi”da boʻlib oʻtgan tantanali marosimda ham ana shunday sportchilarimizdan biri taqdirlandi. Dzyudo boʻyicha mamlakatimizning eng tajribali va sovrindor sportchisi Gulnoza Matniyazovaga Urganch shahridan bir xonali uy sovgʻa qilindi.

19:12 13 Avgust 2019
FXX rahbari: terrorchilar Rossiyada chet ellik talabalarni oʻz saflariga yollashga urinishmoqda

Rossiya Federal xafvsizlik xizmati (FXX) rahbari Aleksandr Bortnikov xalqaro terrorchilar Rossiya oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan xorijlik talabalarni oʻz saflariga yollashga urinayotganliklari haqida aytib oʻtdi.

19:11 13 Avgust 2019
Prezident: “Chegarani yopib qoʻyaverib, qashshoq boʻlib yuraverdik. Tanamizda qonimiz qolmadi”.

12-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini oshirish, ulardan samarali foydalanish, investitsiyalarni, avvalo, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va oʻzlashtirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish koʻlamini kengaytirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Selektor davomida prezident...

17:58 13 Avgust 2019
AQSHda Green Card olish qoidalari qiyinlashtirilmoqda

Oq uy davlat ijtimoiy imtiyozlaridan foydalanadigan immigrantlarga ushbu davlatda doimiy yashash huquqini berish (Green Card) imkoniyatlarni cheklashga oid farmoyishni eʼlon qildi.

17:56 13 Avgust 2019
Atamboyev yana qator ogʻir jinoyatlar, jumladan, qotillikda ham ayblanmoqda

Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevga nisbatan qator ogʻir jinoyatlar, jumladan, qotillik boʻyicha ayblovlar ham eʼlon qilindi. Bu haqda ushbu mamlakat Bosh prokuraturasi operativ-qidiruv faoliyati va tergov boʻyicha nazorat boshqarmasi boshligʻi Zamir Beyshekeyev maʼlum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.

17:54 13 Avgust 2019
DXA: Endi tanish-bilish, doʻst-birodar qidirib, bolani bogʻchaga joylashga “qingʻir” yoʻl qidirmang!

May-iyul oylarida Davlat xizmatlari agentligi rasmiy sahifalariga bolalarni davlat bogʻchalariga joylashtirish bilan bogʻliq 100 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan. Ularning aksariyati tizimdagi navbatlar pozitsiyalari oʻzgarishi bilan bogʻliq edi.

17:53 13 Avgust 2019
8 mln. soʻmlik elektron tamakilarning noqonuniy ravishda olib kirilishi toʻxtatib qolindi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Navoiy” chegara bojxona posti xodimi tomonidan qoʻshni davlatdan piyoda holda kirib kelgan fuqaro K.R.ning qoʻl yuklari bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida belgilangan meʼyordan ortiqcha boʻlgan qiymati 2,7 million soʻmlik 100 quti xorijda ishlab chiqarilgan tamaki mahsulotlarini olib oʻtayotganligi...

17:52 13 Avgust 2019
Yana 20 ta davlat uchun vizasiz rejim, “Ochiq osmon”, “Oʻzbekiston turistik magistrali”... Yurtimizda turizm sohasi yanada rivojlantiriladi

Davlatimiz rahbari tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmon qabul qilindi. Mazkur hujjat asosida yurtimizga xorijdan tashrif buyuruvchi turistlar uchun yana qator qulayliklar yaratish belgilab berildi.

17:49 13 Avgust 2019
Bojxonachilar avtomashina oʻrindigʻi ostiga yashirilgan toʻppnochani olib kirishga uringan shaxsni toʻxtatib qolishdi

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 29-iyuldagi “Qurol toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq , fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki olib chiqish, tranzit qilish Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining ruxsatnomalariga koʻra amalga oshiriladi.

17:47 13 Avgust 2019
Murod Xontoʻrayevni pichoqlagan shaxslarga sud hukmi eʼlon qilindi

2018-yilning 26-noyabr kuni Toshkent shahridagi “Toshkent savdo markazi” (sobiq Turkuaz) hududida yakkakurash sport turining aralash turi boʻyicha jahon chempioni Murod Xontoʻrayev pichoqlab ketilgandi.

16:58 13 Avgust 2019
Besh shoxli qoʻy, tuyaqushlar, yaydoqdagi qoʻsh chodir, yolgʻiz qolgan kema va uning “nevarasi”

Shu kunlarda gazetamiz fotomuxbiri Hasan Paydo xizmat safari bilan Qoraqalpogʻistonda boʻlib turibdi. U oʻz fotoapparati obyektivini hududda boʻlayotgan oʻzgarishlar, odamlar hayoti, tabiat goʻzalliklari qatorida oʻziga xos qiziqarli fotofaktlarni ham muhrlash uchun qaratgan. Quyida ana shu ajoyib lavhalardan bir shingilini eʼtiboringizga...

16:35 13 Avgust 2019
“Faralar”, maktab formasi, mobil kameralar, “tonirovka” yoxud puxta oʻylanmagan hujjatlarning shoshilinch tasdiqlanishi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?

Xabaringiz bor, yurtimiz mass-media olami, ijtimoiy tarmoqlari va blogosferasida avtomobil “faralar”i, majburiy maktab formasi, poytaxt maktablariga qabullar, YPX xodimlarining mobil kameralar taqib yurishi, “tonirovka” kabi dolzarb mavzular juda koʻp yoritildi. Tegishli davlat idoralarining bu boradagi beqarorligi, oʻzgaruvchanligi, konstruktiv izohdan yiroq...

16:12 13 Avgust 2019
DTM tomonidan texnik xatoga yoʻl qoʻyilgan test savoli uchun maksimal ball beriladi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat test markazi bosh boshqarma boshligʻi Diyorbek Qoʻchqorov ishtirokida navbatdagi brifing boʻlib oʻtdi. Unda 10-avgust kuni boʻlib oʻtgan test sinovi natijalari taqdim etildi.

15:17 13 Avgust 2019
Suv tejovchi texnologiyalarini joriy qilishga ketgan xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan Meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish asosidagi suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga ketgan xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

15:15 13 Avgust 2019
Andijonlik soliqchilar koʻmagida 4489 ta tadbirkor oʻz faoliyatini qayta tikladi

Bu haqda Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot shoʻbasi katta inspektori D.Parpiyev maʼlum qildi.

15:14 13 Avgust 2019
Sayyor qabuldan odamlar rozi boʻldimi?

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi oʻziga biriktirilgan 4-sektor hududi — Bekobod tumani fuqarolarining muammolarini oʻrgandi.

14:08 13 Avgust 2019
Mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilinmaganligi uchun korxona rahbari jinoiy javobgarlikka tortildi

Sergeli tumanida joylashgan MCHJlarning birida mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilinmayotganligi aniqlandi.

12:32 13 Avgust 2019
Oʻzbekistonda zaʼfaron plantatsiyalari maydoni qancha?

Saksonota oʻrmon xoʻjaligida shafran (zaʼfaron) oʻsimligi tuganak piyozlarini ekish va parvarishlashda amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar toʻgʻrisida koʻrgazmali-amaliy seminar boʻlib oʻtmoqda.

12:26 13 Avgust 2019
Boshlangʻich tashkilot yetakchiligidan hokim oʻrinbosari lavozimiga koʻtarilgan yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etiladi

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida Yoshlar ittifoqining hududiy Kengashlaridagi Boshlangʻich tashkilot yetakchilari faoliyatini muvofiqlashitirish boʻlimi mudirlari uchun 2 kunlik oʻquv-seminar tashkil etildi.

12:25 13 Avgust 2019
Oʻzenergoinspeksiya: elektr energiyasi uchun 6 yarim milliard soʻmdan ziyod pul mablagʻlari undirildi

Respublika boʻyicha 8 950 ta isteʼmolchilarga texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar amalga oshirilib, 20 245 928 kVt.s. elektr energiyasi uchun ulardan 6 582 662 613.74 soʻm miqdorida pul mablagʻlari undirildi.

12:20 13 Avgust 2019

Yangiliklar taqvimi

Кластер