All

Jizzax viloyati hokimining hisoboti eshitildi

2020-yil yanvar-iyun oylarida 42 ta mahalliylashtirish loyihasi doirasida 235,6 mlrd. soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilib, belgilangan prognoz koʻrsatkichi 2,1 barobarga bajarilgan va 2 mingta yangi ish oʻrni yaratilgan.

15:37 21 Oktyabr 2020
Millatning oʻz tili bor ekan, demak, uning dunyoga aytar soʻzi ham bordir!

Har bir millatning mavjudligini, yashayotganini namoyon etadigan omillar boʻladi. Til ana shunday mavjudlik hodisasidir. Til shunchaki soʻzlashish vositasi emas, millat maʼnaviyati va madaniyatining toshoynasidir. Millatning oʻz tili bor ekan, demak, uning dunyoga aytar soʻzi ham bordir.

15:19 21 Oktyabr 2020
Qonun qabul qilindi. Endi normativ-huquqiy baza zaif, degan bahonalar ketmaydi — Senat Raisi

– Oʻtgan galgi yalpi majlisimizda “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonun maʼqullangan edi, – dedi Senat Raisi T.Narbayeva. – Kuni kecha Prezidentimiz mazkur Qonunni imzoladi. Taʼkidlash joizki, Qonun bilan yillar davomida yigʻilib qolgan muammolarga yechim topildi. Sohadagi normativ asosning zaifligi,...

15:05 21 Oktyabr 2020
Islohotlar zamirida inson manfaatlari mujassam

– Mazkur masala alohida eʼtibor talab etadigan, mamlakatimizda juda ham ahamiyatli boʻlgan dolzarb masalalardan hisoblanadi, – dedi parlament yuqori palatasi Raisi T.Narbayeva. – Sir emas, ushbu mavzu uzoq yillar davomida Oʻzbekiston uchun juda ogʻriqli boʻlib kelgan.

14:41 21 Oktyabr 2020
MQKQ vakillari sudni yoritgan OAVga bosim oʻtkazishga urinib koʻrgan — “UzAuto Motors” yana rasmiy bayonot bilan chiqdi

“UzAuto Motors” AJ mazkur avto ishlab chiqaruvchi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (MQKQ) oʻrtasidagi sud jarayonini yorituvchi ommaviy axborot vositalari vakillariga bosim koʻrsatilishi faktlaridan tashvishda ekanligini bildiradi. Kompaniya ayrim amaldorlarning jurnalistlarga nisbatan senzura va cheklovlardek xato amaliyotga intilishiga yoʻl qoʻyib...

14:38 21 Oktyabr 2020
Ilmiy muassasalarga yuqori sifatli uskunalar xarid qilish masalalari muhokama etildi

Innovatsion rivojlanish vazirligi va Yaponiyaning “Xoriba” kompaniyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarini zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari bilan taʼminlashni jadallashtirish maqsadida Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari O. Toʻychiyev rahbarligida vebinar oʻtkazdi. Vebinarda ilmiy laboratoriya asbob-uskunalar xaridi koʻzda tutilgan vazirlik va idoralar shu jumladan, tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarining...

14:34 21 Oktyabr 2020
16 million soʻmlik aviachipta puli isteʼmolchilarga qaytarildi

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani Denov qishlogʻida yashovchi fuqarolar Zokirshoh Kamolov, Sayfiddin Nazmiddinov, Abduvali Rizoyev, Mirzamon Mirzosultonov va Afzalshoh Mirzosultonovlar Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga tumandagi aviachiptaxona xizmatlaridan norozi boʻlib murojaat etishgan.

14:23 21 Oktyabr 2020
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda

Taʼkidlash joizki, bugungi kunda koronavirus infeksiyasi nafaqat mamlakatimiz, balki butun dunyo hamjamiyatiga jiddiy xavf solmoqda. Davlatimiz, hukumatimiz bu xatarni har tomonlama hamda tezroq bartaraf etish uchun barcha zarur choralarni olib bormoqda. Albatta, milliy Parlamentimiz ham bu borada taʼsirchan choralarni koʻrmoqda.

14:04 21 Oktyabr 2020
Senatorlar parlament soʻroviga berilgan javobdan qoniqdimi?

Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisida tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va ularning nogironligini aniqlash masalalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan edi.

13:58 21 Oktyabr 2020
Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari muhokama qilindi

Parlament yuqori palatasining sakkizinchi yalpi majlisida Oliy Majlis Senatining 2020-yil 19-iyundagi tegishli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va sohaga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi holati yuzasidan yuborilgan parlament soʻrovi natijalari muhokama qilindi.

13:54 21 Oktyabr 2020
Maktabgacha taʼlim vazirligi til bayrami munosabati bilan maxsus chellenjga start berdi

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, jajji bolajonlar yangi chellenjga start berdi. Vazirlik axborot xizmati rasmiy sahifalarida bolajonlar tomonidan aytilgan ajoyib sheʼrlarni eʼlon qilib bormoqda.

13:01 21 Oktyabr 2020
Byudjet mablagʻlarining toʻgʻri sarflanishiga oid savollar faqatgina ijtimoiy tarmoqlarda emas, balki birinchi navbatda xalq vakillari tomonidan berilishi kerak – Senat Raisi

– Kelgusi yilga maqsadlar, rejalar katta, – dedi Senat Raisi T.Narbayeva. – Eʼtiborli jihati, Prezidentimiz byudjetni shakllantirishda mahalliy Kengashlar vakolatini yana-da kengaytirish zarurligini taʼkidladi. Qolaversa, byudjet xarajatlarining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratdi. Endilikda xarajatlar tarkibi va natijadorligi...

12:58 21 Oktyabr 2020
Ichki ishlar vazirligi hamda Bosh prokuraturaga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari muhokama qilindi

Oliy Majlis yuqori palatasining oltinchi yalpi majlisida qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash bilan bogʻliq jinoyatlar sodir etilishi holati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Bosh prokuraturasiga parlament soʻrovini yuborish toʻgʻrisida...

12:56 21 Oktyabr 2020
Sirdaryodagi bayram hazrat Navoiyga hurmat-ehtirom koʻrsatishdan boshlandi

“Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Sirdaryoda bayram shodiyonalari hazrat Alisher Navoiy bobomizga hurmat-ehtirom koʻrsatishdan boshlandi. Davlat idoralari, jamoat tashkilotlari jamoalari, yoshlar, mahallalar ahli vakillari ulugʻ mutafakkir nomi bilan yuritiladigan “Bilimdonlar maskani”dagi buyuk shoirimiz haykali poyiga gullar qoʻydilar.

12:50 21 Oktyabr 2020
Oʻzbekiston hukumati delegatsiyasi Afgʻonistonda Oʻzbek tili kunini nishonlashda ishtirok etdi

Bosh vazir oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov rahbarligidagi Oʻzbekiston Respublikasi hukumati delegatsiyasi Afgʻoniston Islom Respublikasiga tashrifi doirasida Kobul shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbek tili kunini nishonlash bayram tantanalarida ishtirok etdi. Afgʻoniston tomonidan tadbirda Prezident Ashraf Gʻani hamda...

12:37 21 Oktyabr 2020
Namanganda «Damas» kanalga tushib ketdi

“Quvonarlisi, haydovchi choʻkayotgan avtomashinadan xavfsiz ravishda chiqib ketishga muvaffaq boʻlgan va Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boshqarmasi xodimlarini chaqirgan. Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar maxsus texnika yordamida avtomobilni qirgʻoqqa olib chiqishdi” deyiladi xabarda.

12:32 21 Oktyabr 2020
Aholining ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojini qondirish boʻyicha koʻrilayotgan choralar samaradorligi talab darajasida emas. Hukumatga parlament soʻrovi yuborildi

Senatning sakkizinchi yalpi majlisida aholini ichimlik suvi bilan taʼminlashdagi muammolar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuborish toʻgʻrisidagi masala ham koʻrib chiqildi.

12:26 21 Oktyabr 2020
“Matbuot va axborot erkinligi bobida Oʻzbekiston hamon eng salbiy baho olmoqda” sarlavhali maqolaga rasmiy munosabat bildirildi 

Suhbat davomida B.Karimovdan aynan qaysi bosmaxona qaysi idoradan “Adabiyot” gazetasini chop etmaslik toʻgʻrisida topshiriq olgani haqida soʻralganda, u biror-bir aniq maʼlumot yoki dalil taqdim etmadi (suhbat jarayoni bayonlashtirilgan). Agarda u OAV huquqlari buzilgan deb hisoblasa, tegishli tartibda sudga murojaat qilishi...

12:21 21 Oktyabr 2020
Senat Raisi: Oʻzbekistonning BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashi aʼzoligiga saylanishi nafaqat sharaf, balki juda katta masʼuliyat hamdir

– Ogʻir sharoit boʻlishiga qaramasdan hududlarimizni obod qilish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda, – dedi Senat Raisi T.Narbayeva. – Birgina Sardobadagi bunyodkorlik ishlarining oʻziyoq, mamlakatimizda inson manfaatlari har narsadan ustun ekanligini yana bir bor namoyon etdi. Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, bugungi...

12:15 21 Oktyabr 2020
Homilador ayollar va qariyalar qabziyatdan ehtiyot boʻlishi kerakmi?

Qabziyat — ich qotishi koʻp uchraydigan xastalik boʻlib, aholining 10 – 30 foizi ushbu kasallikdan aziyat chekadi. Asosan qariyalar, homiladorlar, kamharakat insonlar ich qotishidan bezovta boʻladi. Ushbu xastalik haqida malakali terapevt Hilola Abdullayeva bilan suhbatlashdik

12:14 21 Oktyabr 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер