All

Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 650 mingga yaqinlashdi

28-aprel kuni mamlakatimiz hududlari boʻylab jami 46 317 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi.

10:05 29 Aprel 2021
Yangiqoʻrgʻonlik yosh kelinchak turmush oʻrtogʻiga bir buyragini bermoqda. Yaqinda jarrohlik amaliyoti

Akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining malakali mutaxassislari namanganlik shifokorlar bilan birgalikda viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazida noyob jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli oʻtkazishdi. Viloyatda shu haftaning oʻzida 4 ta ana shunday murakkab operatsiyalar oʻtkazilishi belgilangan. Bu haqda...

01:42 29 Aprel 2021
Bu xizmat koʻrsatuvchining oʻz majburiyatlarini bajarmayotganidan dalolat — Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi Toshkent metrosida sodir boʻlayotgan hodisalarga munosabat bildirdi

Oʻzbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi soʻnggi kunlarda Toshkent metrosida sodir boʻlayotgan holatlar boʻyicha munosabat bildirdi.

01:28 29 Aprel 2021
Yangiyoʻlda rahbarlarning eʼtiborsizligi oqibatida ishchi ogʻir jarohatlandi

2021-yilning 16-aprel kuni soat 15:30 larda Yangiyoʻl tumani Qirsadoq mahallasi hududida joylashgan qogʻoz ishlab chiqarish sehida ishlovchi 24 yoshli T.Ulugʻbek paxta titish uchun moʻljallangan «Shneg» rusumli uskunasida xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda ishlayotgan vaqtida, uskuna uning oʻng oyogʻini tortib ketgan....

23:47 28 Aprel 2021
Tashqi ishlar vazirligi Ohangaronning 8 ming aholisiga yordam koʻrsatdi

Respublika rahbariyatining topshirigʻiga muvofiq, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi (TIV) Ohangaron shahrida ijtimoiy sohada yuzaga kelgan dolzarb masalalarni oʻrganish va hal etish boʻyicha «mahallabay» tizimida faol ish olib bormoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

23:44 28 Aprel 2021
Gulnora Saidova: “Qilichbozlarimiz kelgusi Olimpiada oʻyinlarida medallar uchun kurashadi”

Bugun Turizm va sport vazirligida Tokio-2020 yozgi Olimpiada oʻyinlari litsenziantlari taqdirlanishganidan soʻng, qilichbozlik boʻyicha Olimpiada yoʻllanmalarini qoʻlga kiritgan sportchilar ishtirokida matbuot anjumani oʻtkazildi.

23:26 28 Aprel 2021
Moliya vazirligi hamda DSQga kitob ishlab chiqarish sohasini manzilli qoʻllab-quvvatlash yuzasidan soʻrov yuborildi

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning toʻrtinchisi – kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishga qaratilgan boʻlib, bu orqali keng jamoatchilik oʻrtasida maʼnaviyatni yuksaltirishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

23:24 28 Aprel 2021
Shahrisabz tuman Elektr taʼminoti korxonasi boshligʻining pora olish bilan bogʻliq jinoyati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qashqadaryo viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Shahrisabz tuman Elektr taʼminoti korxonasi boshligʻi U.B. fuqaro D.ni korxonaga ishga qabul qilish evaziga 2021-yil 24-mart kuni pora tariqasida olgan 400 AQSH dollarini oʻzining haydovchisi B.R. orqali...

23:21 28 Aprel 2021
Uchquduq tumanida 3 yoshli farzandini sotmoqchi boʻlgan ayol ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX hamda IIB Uchquduq tumani boʻlimlari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro D.B. (ayol) 2018-yilda tugʻilgan qiz farzandini fuqaro I.ga 60 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

23:20 28 Aprel 2021
Doniyor Gʻaniyev Bosh vazir oʻrinbosariga nega minnatdorchilik bildirdi?

«Kecha boʻlib oʻtgan Oliy Majlisning navbatdagi yalpi yigʻilishida Bosh vazir oʻrinbosari Behzod Anvarovich 2021-yil 1-choragida bajarilgan ishlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasi hisobotini taqdim etdi. Hukumat hisoboti atroflicha muhokama qilinib, hukumat vakiliga deputatlar oʻz savollari bilan murojaat qilishdi.

21:23 28 Aprel 2021
Erkin iqtisodiy zonalar — taraqqiyot tayanchi

Mamlakatimiz hududlarining ishlab chiqarish, resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni taʼminlash, transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishda erkin iqtisodiy zonalarning alohida oʻrni bor.

21:05 28 Aprel 2021
Samarqandda Finlyandiya bilan hamkorlikda pedagogika instituti ochilishi rejalashtirilmoqda

Yaqinda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Finlyandiyaning Oʻzbekistondagi faxriy konsulligi hamda Finlyandiyaning “FinEst Bay Area” va “Edunation Finland” kompaniyalari hamkorligida Oʻzbekiston — Finlyandiya taʼlim transformatsiyasi boʻyicha onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

21:03 28 Aprel 2021
Fargʻonada soya ekish seyalkalari yaratildi

Fargʻona viloyatida 31 ming gektardan ziyod maydonda moyli ekinlar, shundan 25 ming gektarida soya chigit bilan birga ekilib, bir tekis undirib olindi.

20:34 28 Aprel 2021
«Mahallabay» ishlash tizimi qanday natijalar beryapti?

Mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining yangi bosqichida hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi tadbirkorligini rivojlantirish orqali ularning daromadlarini koʻpaytirish pirovardida kambagʻallikni qisqartirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

20:31 28 Aprel 2021
Ombudsmanning Qoraqalpogʻistondagi vakili ishsiz va nohaq jarimaga tortilgan fuqarolar murojaatlarini hal etdi

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi mintaqaviy vakili Zuxra Reymova hududlarda fuqarolarni ish bilan taʼminlashga oid qator murojaatlarni ijobiy hal etdi. Jumladan, Ombudsman vakili Nukus shahridagi ogʻir turmush sharoitida yashayotgani fuqarolarni Respublika Endokrinologiya dispanseri va Qoraqalpoq davlat...

20:19 28 Aprel 2021
Afsonalarga aylangan haqiqatlar yoxud xorazmshoh buyrugʻi bilan Amudaryoga choʻktirilgan Majdiddin Bagʻdodiy kim edi?

1984-yilning yozida “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasining yoʻllanmasi bilan Turkmaniston Respublikasi hududida joylashgan Koʻhna Urganch shahri tarixiy obidalari haqida maqola yozish maqsadida bu qadim shaharga borish nasib etdi. Bu sayohatda menga xorazmlik iqtidorli shoir, tarix bilimdoni Matnazar Abdulhakim yoʻldoshlik qildi....

20:15 28 Aprel 2021
AQSH olimlari bir soniyada koronavirusni yoʻq qilish usulini topishdi

Texas A&M universiteti olimlari SARS-CoV-2 koronavirusini yuqori harorat yordamida bir soniyada yoʻq qiluvchi eksperimental tizimni ishlab chiqishdi. Bu haqda Phys.org xabar bermoqda.

20:03 28 Aprel 2021
Xizmat guvohnomasiga AOKA yozuvini kiritgan veb-sayt rahbariyati rasman ogohlantirildi

Bir qancha vaqt muqaddam Buxoro va Andijon viloyatlarida soxta guvohnoma bilan oʻzlarini Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xodimi sifatida tanishtirib, tamagirlik qilgan shaxslar aniqlangani haqida maʼlum qilingan edi.

19:58 28 Aprel 2021
Qashqadaryo viloyat hokimiga yangi birinchi oʻrinbosar tayinlandi

Viloyat hokimiga birinchi oʻrinbosar va Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari tayinlandi.

19:57 28 Aprel 2021
Zoyir Mirzayev koronavirusga chalindi

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev koronavirusdan davolanmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov oʻzining TikTokʻdagi sahifasida aytib oʻtdi.

19:53 28 Aprel 2021

Yangiliklar taqvimi

Кластер