All
Daniya hukumati mamlakatda AQSHning “Johnson & Johnson“ kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasini qoʻllashni taqiqlagan. Bu haqda mahalliy ”TV2” telekanali xabar bermoqda.
02:34 05 May 2021Hindistonda koronavirus bilan zararlanganlar soni 20 million nafardan ortib ketdi. Soʻnggi 24 soat ichida mamlakatda yana 350 mingdan ortiq yangi holatlar aniqlangan.
02:30 05 May 2021AQSH prezidenti Jo Bayden iyun oyida Yevropaga safari chogʻida Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan muzokaralar oʻtkazishga umid qilayotganini maʼlum qildi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.
02:25 05 May 2021Navoiy shahrida kurash boʻyicha 2001-2003-yillarda tugʻilgan oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi.
00:47 05 May 2021Kriket ommaviyligi jihatdan futboldan keyingi oʻrinda turadi. Mazkur sport turini mamlakatimizda keng ommalashtirish maqsadida Oʻzbekiston kriket federatsiyasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
00:30 05 May 2021Kishilarga mehr-muruvvat koʻrsatish, bagʻrikenglik qilish hamda adashganlarni toʻgʻri yoʻlga boshlash, kechirish xalqimizning milliy anʼanalaridan hisoblanadi.
00:18 05 May 2021Keyingi yillarda mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha yoʻnalishlarida amalga oshirilayotgan tub islohotlar bir necha yillar avval joriy etilgan, hozirda esa qator jihatlari bilan zamon talablariga moslashtirilishi taqozo etilayotgan normalarni qayta koʻrib chiqishni kun tartibga qoʻymoqda. Mazkur qonunga deputatlarimiz shu nuqtayi nazardan...
00:06 05 May 2021Joriy yilning 4-may kuni Ar-Riyod shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov hamda Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih raisligida Savdo, iqtisod, investitsiyalar, texnika, madaniyat, sport va yoshlar masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi va...
23:55 04 May 2021“Sogʻlom fikr gʻalabasi, diplomatik gʻalaba”. Bundan 55 yil avval Oʻzbekiston poytaxtida boʻlib oʻtgan muzokaralar va ular natijasida imzolangan hujjat — Toshkent deklaratsiyasiga ana shunday baho berilgan edi. Oʻshanda erishilgan kelishuv ikkinchi Hindiston — Pokiston urushiga nuqta qoʻygan va ulkan mintaqada...
23:38 04 May 2021Davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga muvofiq, hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha har bir viloyat, tuman va shahar to‘rt sektorga ajratilgani xalq bilan muloqot qilish, eng o‘tkir, dolzarb masalalarga yechim topish samaradorligini oshirish imkonini beryapti.
21:50 04 May 2021Samarqand shahrida yogʻgan qisqa muddatli yomgʻir va shamol bir necha tabiiy hodisalarni keltirib chiqardi. Jumladan, Universitet xiyoboni va boshqa hududlardagi daraxtlarga shikast yetkazgan. Ayrim koʻchalarni suv bosdi. Shuningdek, singan daraxt shoxlari avtomashinalarga ham zarar yetkazgan.
17:51 04 May 2021“Oqsuv-Dehqonobod” suv yigʻish inshooti loyihasiga koʻra, qishloq aholi punktlarigacha 183 km. va 310,0 km. uzunlikdagi ichki suv tarmoqlari, 2 ta 500 m3 lik suv saqlash hovuzi, 1 ta suv taqsimlash inshootlarining qurilish ishlari, uning birinchi bosqichi yakuniga yetdi.
17:48 04 May 2021Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun bir oylik ota-onalar toʻlovi hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy joylashuviga qarab tabaqalashtirilgan holda boʻlinadi. Bu haqda Maktabgacha taʼlim vazirligi Axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxoʻjayeva AOKAda oʻtgan brifingda maʼlum qildi.
17:38 04 May 2021“Sanʼat — ibodatning bir shakli, duoning bir turidir. Uning bosh maqsadi insonni oʻlimga hozirlamoqdir, uning botiniy olamini eng yashirin va nozik joyidan ushlamoqdir”.
17:32 04 May 20212021-yilning 3-may kuni “ACWA Power”, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi oʻrtasida shamol energetikasi loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida bitim imzolandi.
17:21 04 May 2021Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tuman boʻlimi tomonidan ATB «Mikrokreditbank» Piskent filialining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.D.» MCHJ rahbari B.X. bank filialidan uskunalar sotib olish uchun ajratilgan 500 mln soʻm kreditni noqonuniy oʻzlashtirib, oʻtkazilgan monitoringda avvaldan mavjud boʻlgan...
17:03 04 May 20212021-yilning 1-may kuni soat 23:30 larda voyaga yetmagan 14 yoshli X.Izzatilla Shayxontohur tumani Ilgʻor mahallasida joylashgan jamoat joyi hisoblangan “Aviachipta” binosining orqa tomonida boʻla turib, 22 yoshli A.Orifjonga u bilan ikki kun oldin salomlashmaganligini, uni yosh bola koʻrganligini vaj qilib,...
16:52 04 May 2021Innovatsion rivojlanish vazirligining hududiy boshqarma boshliqlari tayinlanmoqda. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati rahbari xabar berdi
16:40 04 May 2021Soʻnggi hafta juda keskin oʻtdi. Mavzularni yaxshi bilasiz, takrorlamayman, deb yozmoqda deputat Alisher Qodirov.
16:19 04 May 2021Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligiga Xalqaro boks federatsiyasi (AIBA)ning bergan rasmiy xabarnomasiga koʻra, oʻzbekistonlik bokschi Bektemir Meliqoʻziyev toʻrt yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi.
15:35 04 May 2021