All

Koronavirus: kecha yurtimizda yana 15 nafar kishida kasallik aniqlandi

2022-yil 18-avgust holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 243638 (+15) nafarni tashkil etmoqda.

11:31 19 Avgust 2022
Saudiya Arabistoniga tashrif tarixiy voqealarga boy boʻldi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Saudiya Arabistoniga davlat tashrifi yakunlandi.

11:13 19 Avgust 2022
Shavkat Mirziyoyev Kaʼbatullohni ziyorat qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga tashrifi chogʻida muqaddas Makka shahrida ham boʻlib, umra amallarini bajardi.

11:11 19 Avgust 2022
Oʻzbekistonga 7 oyda 1,5 mln. dona telefon import qilingan

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-iyul oylarida xorijdan qiymati 102,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1 508 602 dona mobil telefon import qilingan.

11:07 19 Avgust 2022
Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseyiga kirish test sinovlari boshlanadi

2022-2023-oʻquv yili uchun Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseyiga kirish test sinovlari 2022-yil 22-avgust kuni 18:00 da Toshkent shahridagi Botanika bogʻida boʻlib oʻtadi.

11:03 19 Avgust 2022
Samarqand va Toshkent viloyatlarida imtiyozli kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan MCHJ va fermer xoʻjaligi rahbarlari aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

10:43 19 Avgust 2022
Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 19-avgust kuni shamol kuchayishi, havo harorati 38 darajaga koʻtarilishi mumkin

“Oʻzgidromet” Oʻzbekiston boʻylab 19-avgust kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

01:51 19 Avgust 2022
Latviya – Oʻzbekiston: transport-logistika sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga koʻtariladi

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri Ilhom Mahkamov Latviya transport vaziri Talis Linkayts bilan uchrashdi.

01:18 19 Avgust 2022
Saudiya Arabistonining ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jidda shahrida Saudiya Arabistoni Podshohligining yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

23:23 18 Avgust 2022
Toshkentda SHHTga aʼzo davlatlar ichki ishlar va jamoat xavfsizligi vazirlarining toʻrtinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 18-avgust kuni Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) raisligi doirasida SHHTga aʼzo davlatlar ichki ishlar va jamoat xavfsizligi vazirlarining toʻrtinchi Kengashi boʻlib oʻtdi.

23:15 18 Avgust 2022
Vyetnamda para taekvondo boʻyicha Osiyo chempionati oʻtkaziladi

Bugun para taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham ushbu qitʼa birinchiligida ishtirok etish uchun Vyetnamga joʻnab ketdi.

21:57 18 Avgust 2022
Konya-2021: delegatsiyamiz hisobidagi eng koʻp oltin medal ogʻir atletikada qoʻlga kiritildi

Eʼtiborlisi, mazkur 15 medal 6 nafar atletlarimiz tomonidan qoʻlga kiritildi.

21:29 18 Avgust 2022
Yer bilan bogʻliq noqonuniy holatlar hududlar kesimida tahlil qilindi

Bugun, 18-avgust kuni Bosh prokuraturada yer toʻgʻrisidagi qonun buzilishi holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan faoliyatni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashining videoselektor shaklidagi navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi.

21:24 18 Avgust 2022
Toshkent aeroportida terminallararo bepul avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi

UzPort stikerli avtobus har kuni soat 05.00 dan 23.30 gacha xizmat koʻrsatadi.

20:57 18 Avgust 2022
Qonunchilik palatasi deputatlari YUNESKOning Axborot va kommunikatsiyalar shoʻbasi delegatsiyasi bilan uchrashdi

2022-yil 18-avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida YUNESKOning Axborot va kommunikatsiyalar shoʻbasi mudiri Jako Dyu Tua hamda maslahatchisi Marius Lukoshyunas bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

19:48 18 Avgust 2022
Konya-2021: Dildora Aripovadan ham oltin medal!

Oksana Chusovitinadan soʻng Dildora Aripova ham oltin medal sohibasi boʻldi.

19:17 18 Avgust 2022
Konya-2021: Gimnastika afsonasi chempionlar qatorida

Oʻzbek va jahon gimnastikasi afsonasi Oksana Chusovitina ham Islom birdamligi oʻyinlarida oltin medalga sazovor boʻldi.

19:07 18 Avgust 2022
V Islom birdamligi oʻyinlari gʻoliblari 5 ming AQSH dollarigacha mukofotlanadi

“Konya shahrida (Turkiya) boʻlib oʻtgan V Islom birdamligi oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar hamda ularning trenerlarini bir martalik pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirish toʻgʻrisida“gi Prezident qarori (PQ–355-son, 18.08.2022-y.) qabul qilindi.

18:47 18 Avgust 2022
Advokat va fuqarolar fikrlari oʻrganildi

2022-yilning 18-avgust kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2022-yil iyul oyida yuz bergan holatlar va voqealarni oʻrganish boʻyicha Komissiya aʼzolari ishni advokatlar bilan uchrashishdan boshladi.

18:40 18 Avgust 2022

Yangiliklar taqvimi

Кластер