All

Haydovchilik guvohnomasini olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

16:29 04 Yanvar 2023
Bozorlarda arzon va sifatli mahsulotlar savdosi tashkil etilmoqda

Andijon viloyatida aholini ijtimoiy himoya qilish, bozorlardagi narx-navolar asossiz oʻsishining oldini olish maqsadida maxsus ishchi guruhi tuzildi.

13:44 04 Yanvar 2023
Urganchlik tadbirkor Yoshlar kutubxonasini ochdi

Yangi yil shodiyonalari davom etayotgan ayni kunlarda Urganch shahrida zamonaviy loyiha asosida barpo etilgan Yoshlar kutubxonasi ish boshladi.

13:37 04 Yanvar 2023
Chustda yirik sement ishlab chiqarish korxonasining ikkinchi navbati foydalanishga topshirildi

Namangan viloyati qurilish industriyasida amalga oshirilayotgan yirik loyihalardan biri — “Namangan sement” masʼuliyati cheklangan jamiyati yangi yilni korxona ishlab chiqarishining navbatdagi bosqichi quvvatlarini harakatga keltirish bilan boshladi.

13:32 04 Yanvar 2023
Yangi yilda yanada joʻshib kuylayman — Qahhor baxshi Rahimov

Dehqonobodning togʻu daralarini, asriy archazorlaruyu qir-adirlarini piyoda kezib chiqqan, dostonlari togʻlarda aks-sado bergan Qahhor baxshi Rahimovni elimiz yaxshi taniydi.

13:28 04 Yanvar 2023
AKT xizmatlarining YAIMdagi ulushi oshdi

2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) xizmatlarining yalpi ichki mahsulot (YAIM)dagi ulushi 1,8 % ni tashkil etdi.

12:45 04 Yanvar 2023
Oʻzbekiston delegatsiyasi qishki Universiada oʻyinlarida ishtirok etadi

Hamyurtlarimiz togʻ changʻisi, snoubord va figurali uchish sport turlarida jami 13 nafar atlet bilan okean ortiga yoʻl oladi.

12:32 04 Yanvar 2023
Yangi yilni tizimda “Korrupsiyaga qarshi kurash yili” deb eʼlon qilamiz — sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov

Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov koʻpchilikka maʼlum boʻlgan korrupsiya urchigan bir qator yoʻnalishlar borki, birinchi navbatda, ularga barham berish kerakligiga alohida toʻxtalib oʻtdi.

12:25 04 Yanvar 2023
Birlamchi tizim muassasalari soni 4200 taga yetkaziladi

Respublika boʻyicha jami 30 ta oilaviy poliklinika, 110 ta oilaviy shifokor punktlari tashkil etilib, jami birlamchi tizim muassasalari soni 4200 taga yetkaziladi.

12:13 04 Yanvar 2023
Avtomobil Namangan kanaliga tushib ketdi

Kecha, 3-yanvar kuni Namangan viloyati Chortoq tumani “Ayqiron” MFY hududidan oqib oʻtuvchi katta Namangan kanaliga “Nexia-2” rusumli avtomobil haydovchisi noqulay ob-havo tufayli boshqaruvni yoʻqotib, tushib ketganligi toʻgʻrisida tuman FVBga xabar kelib tushgan. Maʼlum boʻlishicha, avtomobilda haydovchi va bir nafar yoʻlovchi...

12:02 04 Yanvar 2023
Talabalarni nazariy va amaliy bilim hamda koʻnikmalarini baholash boʻyicha ikki bosqichli yangi tizim joriy etiladi — sogʻliqni saqlash vaziri

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligi Hayʼat yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

11:51 04 Yanvar 2023
2,3 mlrd. soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgan tadbirkorga chora koʻrildi

Samarqand viloyatida tadbirkor 2,3 mlrd. soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi. Bu 26 mingta xonadonning bir oylik isteʼmolini tashkil qiladi.

11:42 04 Yanvar 2023
Buyrak transplantatsiyasi amaliyoti 500 taga, jigar transplantatsiyasi 50 taga oshiriladi

Respublika ixtisoslashtirilgan markazlarining 1140 nafar mutaxassislarini safarbar qilish orqali hududlarda jigar, qon-tomir, qorin, koʻkrak qafasi, transplantologiya, mikroxirurgiya, rekonstruktiv va plastik jarrohlik amaliyotlari keng joriy etiladi.

11:39 04 Yanvar 2023
Taʼlim yoʻnalishidagi byurokratik toʻsiqlarga barham beriladi — vazir

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligi Hayʼat yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

11:33 04 Yanvar 2023
Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish boʻyicha uch yillik dastur ishlab chiqiladi

Bunda, tugʻuruq komplekslarini taʼmirlash, zarur uskunalar bilan jihozlash va tugʻuruq oʻrinlari sonini mavjud 11 mingtadan 15 mingtaga yoki 35 foizga koʻpaytirish koʻzda tutiladi.

11:27 04 Yanvar 2023
Viloyatlarda ipoteka markazlari tashkil etiladi

Uy-joylarni sotib olish va ipoteka kreditlarini rasmiylashtirish jarayonlarida fuqarolarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida viloyatlar markazlarida ipoteka markazlari tashkil etiladi.

11:22 04 Yanvar 2023
Doʻkondagi sotuvchi firibgar boʻlib chiqdi

Andijon viloyati Buloqboshi tumanida istiqomat qiluvchi 1997-y.t., S.J., ariza bilan murojaat qilib, uning bank kartasidan nomaʼlum shaxs tomonidan jami 2.451.000 soʻm pullarni yechib olinganligini bildirib, ushbu shaxsni aniqlab, qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.

19:17 03 Yanvar 2023
Nikoh yoshiga yetmagan farzandini turmushga bergan ota-ona javobgarlikka tortiladi

Ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish 4,5 mln soʻm jarima solishga sabab boʻladi.

18:40 03 Yanvar 2023
Respublika ishchi guruhining Xoʻjaylidagi faoliyati davom etmoqda

Yangi yilning ilk kunlaridanoq davlatimiz rahbari topshirigʻiga muvofiq tuzilgan Respublika ishchi guruhi oʻz faoliyatini Xoʻjayli tumanida yana davom ettirmoqda.

17:47 03 Yanvar 2023
FVV Buxoro shahrida sodir boʻlgan chaqnash yuzasidan maʼlumot berdi

Hodisa natijasida xonadonning oshxona eshik romlari joyidan siljib, zararlangan. Chaqnash oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

17:31 03 Yanvar 2023

Yangiliklar taqvimi

Кластер