All
Davlatimiz rahbari ilgʻor xorijiy tajriba asosida tergov idoralarining faoliyatini takomillashtirish zarurligini taʼkidladi.
17:26 27 Yanvar 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish hamda jamoat xavfsizligini samarali taʼminlash boʻyicha namunaviy amaliyotni yaratish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
17:00 27 Yanvar 2026Taʻkidlanishicha, hozirda ichki ishlar tizimidagi patrul-post, yoʻl-patrul, profilaktika, tezkor-qidiruv va qoʻriqlash xizmatlari alohida-alohida ishlamoqda.
16:43 27 Yanvar 2026Shu yil 1-fevraldan yuridik oliygohni bitirib, ichki ishlar tizimiga ishga kirganlarga oliygohda oʻqigan davri ham stajga qoʻshiladi.
16:33 27 Yanvar 2026Markaziy bank xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 28-yanvar kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.
16:22 27 Yanvar 2026Ushbu guruhlarga Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Toshkent islom instituti, “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti, Oʻzbekiston Milliy universitetining yetuk mutaxassislari jalb qilinadi. Guruh aʼzolari moddiy ragʻbatlantiriladi.
15:49 27 Yanvar 2026Mutasaddilarga bu yoʻnalishda nazoratni taʼminlash vazifasi qoʻyildi. Jangovar sport turlari bilan shugʻullanayotgan yoshlarni kasbga oʻqitib, salohiyatiga mos ish bilan band qilish tizimini yaratish topshirildi.
15:36 27 Yanvar 2026Unga koʻra agentlik rahbari Ravshan Mamatov faoliyatida oʻzgarish qilmasa, lavozimiga loyiqligi koʻrib chiqiladi.
15:22 27 Yanvar 2026Hokim, oliygoh rektori, texnikum va maktab direktorining oʻrinbosarlaridan biri bu yoʻnalishga masʼul etib belgilanadi.
15:13 27 Yanvar 2026Prezident raisligida oʻtayotgan yigʻilishda profilaktika inspektori uchun zamonaviy, xalqqa yoqadigan koʻrinishda formani tayyorlash topshirildi.
15:05 27 Yanvar 2026Masalaning muhimligini inobatga olib, har bir vazir bittadan tumanga, Prezident Administratsiyasi vakili ham bitta tumanga biriktiriladi.
14:55 27 Yanvar 2026Yigʻilishda rahbarlikka yosh kadrlarni qoʻyish, pensiya yoshidagilarning tajribasidan murabbiy va oʻqituvchi sifatida foydalanish yoki mahallada yoshlarga ustozlik qiladigan tizim yaratish muhimligi qayd etildi.
14:46 27 Yanvar 2026Prezident hozirda “Oʻzbekneftegaz” AJ va Davlat aktivlarini boshqarish agentligida katta taftish ketayotgani, milliard-milliard soʻmlik talon-torojliklar aniqlanganini maʼlum qildi.
14:26 27 Yanvar 2026Ayrim soliq boshliqlari tushumni koʻpaytirish oʻrniga qoʻshtirnoq ichidagi “tadbirkor”larga “homiylik” qilish bilan bandligi koʻrsatib oʻtildi.
14:19 27 Yanvar 2026Shuningdek, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning shahar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari A.Gʻaniyev qoʻshtirnoq ostidagi “tadbirkor”larga soliqdan qochishda yoʻl koʻrsatib yurgani uchun uni bugunning oʻzida ishdan olish topshirildi.
14:11 27 Yanvar 2026Davlatimiz rahbari chet elga borib olib, uyushgan jinoiy guruhlar tashkil qilgan, u yerda oʻzimizni fuqarolarni ham talayotgan shaxslar faoliyatiga chek qoʻyishdagi sustkashliklarni tanqid qildi.
13:56 27 Yanvar 2026Davlatimiz rahbari raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida mazkur jinoyatlarni fosh etish 8 foizga ham bormayotgani maʼlum qilindi.
13:49 27 Yanvar 2026Shuningdek, ularga olti oylik sinov muddati tayinlanishi belgilandi.
13:28 27 Yanvar 2026Prezident ularning koʻpi ish joyida yoʻq yoki huquqbuzarlik bilan ishlash oʻrniga kommunal qarzdorlik va aliment undirish, armiyaga yuborish va boshqa jamoat ishlari bilan band ekanini tanqid qildi.
13:20 27 Yanvar 2026“Bu muammolarning har biri alohida-alohida xavfli. Lekin ular bir boʻlib harakat qilayotgani yanada jiddiy tahdidni yuzaga keltiradi”, dedi Prezidentimiz.
13:03 27 Yanvar 2026