All

Kutilgan natijaga ellik yilda yetdim

Quvasoyning ertalabki havosidan bir oz asal hidi keladi. Ana shu ifor bilan nafas olib, umrini asalarilar orasida oʻtkazgan 71 yoshli asalarichi Gʻanijon Yoʻldoshevni Fargʻona vodiysida tanimaydiganlar kam.

17:13 01 Fevral 2026
Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat

Suriyada qochqin qizning toʻy marosimi, Italiyada yer siljishi tufayli yuzaga kelgan xavf va “Taypey 101” binosini himoya vositalarisiz zabt etgan skalolaz — yakunlanayotgan haftada dunyo boʻylab turli voqealarning shiddati, insonlarning jasorat va muammolarga qarshi turishi fotosuratlarda jamlandi.

17:03 01 Fevral 2026
Osiyo chempionati. Oʻzbekiston futzal terma jamoasi chorak finalda

Nodir Eliboyev boshchiligidagi jamoa “C” guruhida ikkinchi oʻrinni egalladi va keyingi bosqichga yoʻl oldi.

16:25 01 Fevral 2026
2-fevraldan havo harorati biroz koʻtariladi

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin.

14:59 01 Fevral 2026
Aholini roʻyxatga olish boʻyicha “majburiy topshiriq” bergan hokimliklarga chora koʻrildi

Soʻnggi kunlarda ayrim mahalliy hokimlar tomonidan xodimlarni aholini roʻyxatga olish tadbirlariga ish vaqtidan tashqari paytda majburan jalb etish holatlari ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab boʻlmoqda.

14:52 01 Fevral 2026
Andijonda yoʻldagi muzlama sabab 2 ta YTH yuz berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda yoʻl qoplamasidagi muzlama suv trubasi yorilib, qatnov qismini suv bosishi tufayli yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

14:18 01 Fevral 2026
Ertadan metan zapravkalar soat 10:00 dan 16:00 gacha ishlaydi

Metan “zapravka”lar faoliyatiga kiritilgan vaqtincha cheklovlar biroz yumshatilmoqda.

13:31 01 Fevral 2026
Oʻzbekistonda “Fidoyi qutqaruvchi” medali taʼsis etilishi mumkin

Tegishli qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.

12:59 01 Fevral 2026
“Euronews” va SNN telekanallarida Fargʻoniy, Xorazmiy va Ibn Sino haqidagi yangi videoroliklar efirga uzatildi

“Oskar” mukofoti sovrindori, mashhur britaniyalik aktyor Ben Kingsli ishtirokida “Maʼrifat aks-sadosi” turkum filmi doirasida suratga olingan Fargʻoniy, Xorazmiy va Ibn Sino haqidagi videoroliklar dunyoning yetakchi Euronews va CNN xalqaro telekanallarida efirga uzatildi.

12:44 01 Fevral 2026
Surxondaryoda qor yogʻishi oqibatida eski maktab tomi qulab tushdi

Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi mazkur hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.

12:29 01 Fevral 2026
Bitcoin narxi Trampning qarori fonida keskin tushib ketdi

AQSHda foiz stavkalari boʻyicha kutilmalar qayta koʻrib chiqilayotgani hamda Prezident Donald Tramp tomonidan Kevin Uorshning Federal zaxira tizimi raisi lavozimiga nomzod sifatida koʻrsatilishi Bitcoin narxining keskin tushib ketishiga sabab boʻlgani aytildi.

11:53 01 Fevral 2026
“Barselona” ishonchli hisobda gʻalaba qozondi

Markus Reshford yana gol kiritdi.

11:15 01 Fevral 2026
“Istanbul Bashakshehir” jamoasi durang oʻynadi

Eldor Shomurodovdan navbatdagi gol.

11:06 01 Fevral 2026
“Chelsi”dan super kambek, “Arsenal”dan yirik gʻalaba

Angliya Premyer ligasining 24-tur oʻyinlari start oldi.

11:01 01 Fevral 2026
Toshkentda “Gentra” yonib ketdi

FVBBga koʻra, hodisa oqibatida jarohatlanganlar yoʻq.

08:50 01 Fevral 2026
Namanganda qariyb 200 ming dona muddati oʻtgan dori vositalari va tibbiy buyumlar saqlab kelayotgan shaxs ushlandi

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ish qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

19:41 31 Yanvar 2026
Ohangaronda 5 ming quti sifatsiz tamaki savdosi toʻxtatib qolindi

Fuqaro avtomobilidan umumiy bahosi 80 million soʻmlik aksiz markasiz tamaki mahsulotlari topilgan.

19:32 31 Yanvar 2026
Fevralning ilk haftasida qanday ob-havo kuzatiladi?

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, vaqti-vaqti bilan biroz qor yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi.

19:23 31 Yanvar 2026
Koreya Respublikasidan Oʻzbekistonga kelgan sayyohlar soni ochiqlandi

Ushbu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 12,2 foizga oshgan.

19:17 31 Yanvar 2026
DXX Fargʻonada psixotrop moddalarning yirik partiyasini toʻxtatib qoldi

Giyohvandlik vositalari va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Fargʻona viloyatida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

19:08 31 Yanvar 2026

Yangiliklar taqvimi

Кластер