Koreya Respublikasidan Oʻzbekistonga kelgan sayyohlar soni ochiqlandi
2025-yilda jami 46,3 ming nafar Koreya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Sayyohlarning safar maqsadlari boʻyicha taqsimoti quyidagicha koʻrinish olgan:
- sayohat – 36,1 ming nafar;
- xizmat yuzasidan – 5,1 ming nafar;
- qarindoshlarni yoʻqlash – 4,1 ming nafar;
- oʻqish – 917 nafar;
- tijorat – 4 nafar.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 5,2 ming nafarga yoki 12,2 foizga oshgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring