Actual

Navoiy shahridagi 32-sonli MTT mukammal taʼmirlanmagan — Bola huquqlari boʻyicha vakil

Navoiy viloyati maktabgacha taʼlim boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, shaharning “Orzu” MFY hududidagi mazkur 360 oʻrinli MTTning bino-inshootlari 1970-yilda qurilgan boʻlib, foydalanishga topshirilganidan buyon biror marta ham mukammal taʼmirlanmagan faqatgina joriy taʼmirlash ishlari olib borilgan.

16:55 02 Fevral 2022
Uzbekistan Airways Express bagaj normasini 23 kg.gacha oshirdi

Uzbekistan Airways Expressʻning “toʻliq ekonom” formatidagi barcha qatnovlarida bagaj normasi 1-fevraldan 15 kg/158 smdan 23 kg/158 sm.gacha oshirildi.

15:48 02 Fevral 2022
Qurilish uchun pudrat tashkilotlarini aniqlash elektron tender orqali amalga oshiriladi

Hukumat qarori (46-son, 31.01.2022-y.) bilan Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

19:45 01 Fevral 2022
3 yoshli qizini ayiqlar volyeriga tashlab yuborgan ayolga sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlandi — Bosh prokuratura

Toshkent hayvonot bogʻida ona 3 yoshli qizini ayiqlar volyeriga tashlab yuborganligi bilan bogʻliq boʻlgan jinoyat ishi yuzasidan tergov olib borilmoqda.

18:53 01 Fevral 2022
Doniyor Gʻaniyevga “Xalqparvar deputat” maqomi berildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida bir qator masalalar koʻrib chiqildi.

16:51 01 Fevral 2022
Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi mumkinmi?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisi davom etmoqda. Majlisda “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.

12:48 01 Fevral 2022
Firdavs Abduxoliqov Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (NAESMI) raisligidan ketdi

Xabarlarga koʻra, F. Abduxoliqov oʻrniga Xalqaro press-klub raisi, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxoʻja tayinlangan.

12:33 01 Fevral 2022
Dunyoda “omikron”ning yangi mutatsiyasi keng tarqalmoqda — statistika

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotiga koʻra, shu kungacha dunyoning 57 ta mamlakatida “omikron” shtammining yangi — VA.2 mutatsiyasi roʻyxatga olindi.

11:54 01 Fevral 2022
Qoʻriqlash faoliyati sohasida yagona davlat siyosati yuritiladi — Qonun loyihasi 

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida deputatlar dastlab “Qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda moddama-modda koʻrib oʻqishmoqda.

11:44 01 Fevral 2022
Oʻzbekiston parlamenti delegatsiyasi – Bryusselda

Kuni kecha Bryusselda “Oʻzbekiston – Yevropa Ittifoqi” Parlament hamkorligi qoʻmitasining 15-yigʻilishi boshlandi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov rahbarligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

10:55 01 Fevral 2022
Xalq qabulxonalari: soʻnggi 5 yilda qancha va qanday muammolar hal etildi?

2017 — 2021-yillarda Prezident virtual qabulxonasi hamda Xalq qabulxonalariga kelib tushgan 5 million 780 mingdan ziyod murojaatlar koʻrib chiqildi.

21:22 30 Yanvar 2022
Ishni sudga qadar yuritishda yagona tergov axborot tizimi joriy etiladi

“Ishni sudga qadar yuritishda yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–105-son, 28.01.2022-y.) qabul qilindi.

16:41 30 Yanvar 2022
U-22 Osiyo chempionati: erkaklar oʻrtasidagi final bellashuvlaridan FOTOGALEREYa

U-22 Osiyo chempionati: erkaklar oʻrtasidagi final bellashuvlaridan fotolavhalar.

16:33 30 Yanvar 2022
Boks: 12 nafar finalchimizning barchasida oltin!

Mamlakatimiz mezbonligida 22 yoshgacha boʻlgan bokschilar oʻrtasida tashkil etilgan Osiyo chempionatida yigitlarimiz 12 ta oltin medal bilan taqdirlandi.

16:06 30 Yanvar 2022
Ikki yilda 61 ta oilaviy poliklinika va 215 ta oilaviy shifokor punkti tashkil etiladi

2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Taraqqiyot strategiyasida tibbiy xizmatni aholiga yaqinlashtirish va qulayligini oshirishga doir ustuvor vazifalar ham belgilangan.

15:54 30 Yanvar 2022
COVID-19ga qarshi kunlik emlanish koʻrsatkichi 100 ming dozadan kamaydi

2022-yil 29-yanvarda mamlakatimiz hududlari boʻylab 96 513 doza COVID-19ga qarshi vaksina qoʻllanildi.

15:50 30 Yanvar 2022
Uch yashar qizini ayiqlar qafasiga tashlagan ona haqidagi tafsilotlar maʼlum boʻldi

Ayol eri bilan xayrlashganidan keyin depressiyaga tushib qolgan.

14:41 30 Yanvar 2022
Aziz Abduhakimov qishki Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi bilan videomuloqot qildi

Sportchimiz togʻ changʻisining slalom va gigant slalom yoʻnalishlaridagi musobaqalarda ishtirok etadi.

20:17 29 Yanvar 2022
Tadbirkorlarga mehmonxona boʻyicha yer va mol-mulk soligʻi stavkasi 90 foizga kamaytiriladi

“Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–104-son, 27.01.2022-y.) qabul qilindi.

16:21 29 Yanvar 2022
Paxta hosildorligi 50 sentnerga yetkaziladi

Markaz paxta, boshoqli don, sabzavot, poliz, moyli, dukkakli va ozuqa ekinlari urugʻliklarini ichki va tashqi bozorga “Uzbek seeds” milliy brendi asosida sotishni tashkil etadi.

12:14 29 Yanvar 2022

Yangiliklar taqvimi

Кластер