“Cactus ransomware” guruhi “Schneider Electric” kompaniyasiga hujum qildi

14:51 02 Fevral 2024 Dunyo
178 0

Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Fransiyaning energetika va sanoat korxonalari, fuqarolik va uy-joy qurilishi obyektlari, maʼlumotlar markazlari uchun uskunalar ishlab chiqaradigan “Schneider Electric” kompaniyasi “Cactus ransomware” hujumidan jabr koʻrgan.

Xakerlar katta miqdordagi maxfiy maʼlumotlarga kirish huquqiga ega boʻlishgan va kompaniyadan toʻlov talab qilgan, biroq, uning hajmi aniqlanmagan. Kompaniya tovlamachilarning talablarini bajarishi yoki boʻlmasligi hozircha maʼlum emas.

Xakerlar kirishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar orasida “Clorox”, “DHL”, “DuPont”, “Hilton”, “PepsiCo” va “Walmart” kabi gigantlar ham bor.

Kompaniya hozirda shikastlangan tizimlarni tiklayotganini aytdi. Ular bir necha kundan soʻng toʻliq ish faoliyatini davom ettirishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер