Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi shtammi Bolgariyada apreldayoq maʼlum boʻlgan
Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi shtammi Bolgariyada aprelda maʼlum boʻlgan.
Bu haqda bolgariyalik pulmonolog Aleksandr Simidchiyev Bolgariya milliy radiosiga bergan intervyusida aytib oʻtdi.
Unga koʻra, bu shtamm 2020-yilning aprelida Bolgariyada qayd etilgan. Mutatsiya Bolgariya milliy OITS laboratoriyasi aniqlangan.
14-dekabr kuni Buyuk Britaniya Sogʻliqni saqlash vaziri Mett Xenkok ingliz olimlari mamlakatda oldin maʼlum shtammlardan tezroq tarqaladigan virusning yangi mutatsiyasini aniqlashgani maʼlum qildi.
Kuchli epidemiologik vaziyat tufayli 20-dekabrdan Buyuk Britaniyaning janubi-sharqida va Londonda maksimal toʻrtinchi darajadagi cheklovlar joriy etildi. Odamlarga uylaridan chiqmaslik tavsiya qilindi.
Qirqqa yaqin mamlakat, shu jumladan Oʻzbekiston ham Buyuk Britaniya bilan transport aloqalarini toʻxtatganini maʼlum qildi. Keyinchalik ushbu mutatsiya Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasida ham aniqlangani maʼlum qilindi.
Keyinchalik Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi shtammi bolalar uchun xavfli ekani maʼlum qilindi.
London Imperial kolleji professori Nil Fergyussonning aytishicha, bolalarning yangi shtamm bilan kasallanish holati nihoyatda koʻp. Yaʼni 15 yoshgacha boʻlganlar orasida virus mutatsiyasi tez tarqalmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring