Buyuk Britaniyada 19-iyuldan karantin qoidalari olib tashlanishi belgilanmoqda ekan, degan xabarlar mavjud, buning sababi nima?
Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva javob qaytardi:
— Buyuk Britaniya birinchilar qatorida 2020-yil sentyabr-oktyabr oylarida aholisini ommaviy vaksinatsiya qilishni boshlagan edi. Vaksinatsiya bilan qamrab olish jarayoni aholi orasida koronavirusning “britancha” shtammi juda keng tarqalayotgan vaqtga toʻgʻri keladi. Shu davrda u yerda kasallanish va oʻlim holatlari soni juda koʻpaygan davr edi.
Bugungi kunga kelib, Buyuk Britaniya haqiqatan ham 19-iyuldan karantin talablarini olib tashlashni rejalashtirayotgani toʻgʻrisida maqolalar mavjud. Maqolada Buyuk Britaniyaning Bosh vaziri katta yoshli aholining 86%i vaksinatsiyaning birinchi bosqichi bilan qamrab olinganligi, bu esa ommaviy immunitet hosil qilishi uchun yetarli koʻrsatkich boʻla olishini asos sifatida keltiradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring