Buyuk Britaniya avgustga qadar koronavirusni yengishga ishonmoqda
Buyuk Britaniyada koronavirusdan qoʻrqish tez orada yoʻqoladi va avgustga qadar mamlakatda koronavirus qolmaydi. Bu hukumat vaksina guruhi tomonidan maʼlum qilindi.
“Iyul oyining oxiriga qadar mamlakatning barcha aholisi vaksinaning birinchi dozasini olib boʻladi. Bu shuni anglatadiki, ular virusning barcha maʼlum variantlaridan himoya qilinadi”, deydi guruh vakili.
Hozir Buyuk Britaniya fuqarolari endi uchta vaksina bilan emlanmoqda. Ular “Pfizer”, “Moderna” va “AstraZeneca”. Qon quyuqlashishiga sabab boʻlishi tufayli mamlakatda 40 yoshgacha boʻlganlarga “AstraZeneca” vaksinasi tavsiya etilmaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring