Buyuk alloma nomi bilan ataladigan maktab filiali foydalanishga topshirildi

10:50 24 Mart 2026 Jamiyat
216 0

Navroʻz ayyomi kunlarida Buxoro shahrida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning filiali foydalanishga topshirildi. Sobiq “Mehribonlik uyi” oʻrnida barpo etilgan bilim dargohida zamonaviy shart-sharoitlar yaratish uchun 13,5 milliard soʻm mablagʻ xarj qilindi.

— Dunyodagi koʻplab koʻcha-yu xiyobonlar, oʻquv muassasalari, kutubxonalarga jahonda Avitsenna nomi bilan tanilgan buyuk ajdodimiz Abu Ali ibn Sino nomi berilgan, — deydi mazkur filial rahbari Qambara Boltayeva. — Sayyoramizning koʻplab shaharlarida uning haykalini uchratish mumkin. Shu nuqtayi nazardan alloma tugʻilib oʻsgan yurtda uning nomidagi ilm maskanining ochilishi barchamizda faxr-iftixor tuygʻusini uygʻotadi. Oʻz navbatida zimmamizdagi masʼuliyat ham katta. Jamoamiz buyuk ajdodimiz izdoshlari boʻlgan oʻgʻil-qizlarning zamonaviy ilm-fan sirlarini chuqur oʻzlashtirishi uchun bilim va salohiyatini ayamaydi.

Uch qavatli oʻquv binosi 360 oʻquvchiga moʻljallangan. Keng va yorugʻ sinfxonalar, fan laboratoriyalari, kutubxona, sport zali, maktab yoʻnalishiga mos toʻgaraklar oʻquvchilarning intellektual salohiyatini oshirishga, boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishga xizmat qiladi. Bilim maskani 120 oʻrinli yotoqxonaga ham ega.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер