Buvayda tumanida “Neksiya” yonib ketdi
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 20-may kuni soat 09:15 larda Fargʻona viloyati, Buvayda tumani, “Yangiqoʻrgʻon” qishlogʻi hududida harakatlanib ketayotgan haydovchi 1969-yilda tug'ilgan A.A. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli transport vositasining dvigatel qismidagi elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida yongʻin yuzaga kelgan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.
Yongʻin natijasida, tan jarohati olgan va jabrlanganlar yoʻq.
Yongʻin bartaraf etilgan.
Mazkur hodisa yuzasidan Buvayta tumani FVB hamda tuman IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga eʼtiborli boʻlishlarini, nosoz transport vositalarini boshqarmasliklarini soʻrab qolamiz” deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring