Butunjahon boks kengashi prezidenti Maurisio Suleyman Oʻzbekistonga keldi
Foto: “Xalq soʻzi”
Mamlakatimizda 12-17-noyabr kunlari ilk bor Butunjahon boks kengashining (WBC) 61-konvensiyasi oʻtkaziladi.
Shu munosabat bilan bugun WBC prezidenti Maurisio Suleyman mamlakatimizga tashrif buyurdi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi xabar berdi.
Taʼkidlash kerak, Butunjahon boks kengashining (WBC) yillik konvensiyasi ilk bor Markaziy Osiyo mintaqasida tashkil etilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston boks federatsiyasi Osiyoda “Yil federatsiyasi” deya tan olingandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring