Burkina-Fasoda jangarilar 60 nafar ayolni oʻgʻirlab ketdi

20:43 15 Yanvar 2023 Dunyo
1154 0

Foto: Reuters

Afrika Gʻarbida joylashgan Burkina-Faso davlatida terrorchi guruhlar jangarilari 60 ga yaqin mahalliy aholini oʻgʻirlab ketdi. Bu haqda “Agence France-Presse” mamlakat rasmiylariga tayanib xabar bermoqda.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, terrorchilar shahar yaqinidagi oʻrmonzorda rezavor mevalar terayotgan ayollar guruhlariga ikki marta hujum uyushtirgan. Maʼlum qilinishicha, hodisalar 12 va 13-yanvar kunlari sodir boʻlgan. Ayni paytda armiya boʻlinmalari va mahalliy oʻzini-oʻzi mudofaa kuchlari oʻgʻirlanganlarni qidirmoqda. Bedarak yoʻqolgan ayollarning taqdiri hozircha nomaʼlum.

Oʻtgan yilning noyabr oyida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Afrikaning Sahel mintaqasida jangari guruhlarga qarshi “Barkhane” aksilterror operatsiyasi yakunlanganini eʼlon qilgan edi. Fransiya 2014-yil avgust oyidan beri Mali, Burkina-Faso, Mavritaniya, Niger va Chaddagi terrorchi guruhlarga qarshi operatsiya oʻtkazmoqda. Bu fransuz harbiylari 2013-2014-yillarda Malida amalga oshirgan “Serval” operatsiyasining mantiqiy davomi hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер