Endi “Bunyodkor” stadioni nomi o‘zgardi

09:29 04 Iyun 2018 Sport
2829 0

Toshkentda joylashgan “Bunyodkor” futbol stadionining nomi o‘zgartirildi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda suratlar paydo bo‘lgan.

Tarmoq foydalanuvchilarining sahifasiga joylashtirilgan suratga ko‘ra, bundan buyon arena “Milliy” stadion deb ataladi.

Fotо: Diyor Imomxo'jayev

Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Bunyodkor” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari stadion yonidagi maktabdan chiqarib yuborilgani xabar qilingandi.

Shuningdek, ayni vaqtda “Bunyodkor” futbol klubi ham jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazayotgani bir necha marotaba aytib o‘tilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер