“Bunyodkor” futbol klubi xodimlariga maoshlari berildi
Toshkentning “Bunyodkor” klubi xodimlariga oylik maoshlari berildi. Bu haqda klub matbuot xizmati rahbari Furqat Nishonov oʻzining “X”dagi sahifasida maʼlumot berdi.
“Yaxshi yangilik. Bugun tushda ”Bunyodkor" stadioni va akademiya hududiga elektr berildi, shuningdek, tushdan soʻng xodimlarning yanvar-fevral-mart oyi uchun maoshlari ham oʻtkazib berildi.
Futbolchilarga maosh berilgan yoki berilmaganidan xabarim yoʻq", — deb yozgan Nishonov oʻz sahifasida.
“Xalq soʻzi” muxbiri Muhammadamin Zuhriddinov “Bunyodkor” klubining asosiy va ayollar jamoasi vakillari bilan aloqaga chiqqanida futbolchilarga ham maoshlari berilgani maʼlum qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring