Bulung‘urda turar joy binolarini noturar mulk obyektiga o‘tkazib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi
Foto: IJQK departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.S. fuqaro A.X.ning ishonchiga kirib, unga fuqaro J.R.ga tegishli yer maydonida qurilgan turar joy binolarini noturar mulk obyektiga o‘tkazib berishi evaziga 6 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring