Buloqboshi tumanida yangi sement zavod qurilmoqda
Foto: “Xalq soʻzi”
Buloqboshi tumanidagi “Qumariq” MFY hududida Xitoyning “Western international new building materials pte. LTD” tomonidan sement ishlab chiqarish zavodi qurilmoqda.

— 48 gektar maydonda barpo etilayotgan ushbu loyiha ishga tushirilgach, 1000 ta yangi ish oʻrni yaratiladi,—deydi viloyat investitsiyalar, savdo va sanoat boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari Doniyorbek Rahimov. –Bu bir yilda oʻrtacha 2,5 million tonna sement ishlab chiqarish imkonini beradi.

Har kuni 6 ming tonna sement ishlab chiqarilishi koʻzda tutilgan ushbu zavodning 8,5 mln. dollarlik mahsuloti 3 ta qoʻshni davlatlarga eksport qilinishi rejalashtirilgan.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring