Buloqboshida 14-gaz qudugʻi ishga tushirildi

09:27 12 May 2020 Iqtisodiyot
1083 0

Bundan 5 oy avval “Andijonneft” AJ tomonidan Buloqboshi tumani Uchtepa qishlogʻida joylashgan “Uchtepa neft va gaz koni”ning 13-gaz qudugʻidan sanoat miqyosida gaz olishga erishilgani haqida xabar bergan edik. Bugungi kunga kelib 14-gaz qudugʻi ham ishga tushirilidi va undan olinayotgan tabiiy gaz “Oʻztransgaz” AJning magistral liniyalari orqali hudud aholisiga yetkazila boshlandi. Quduqdan gaz qazib olishning kunlik hajmi 60-70 ming metr kubni tashkil qilmoqda.

“Andijonneft” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari tomonidan yangi oʻrganish va qazish ishlari davom etmoqda.

Saminjon HUSANOV,

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер