Buxoroda zaxiradagi yer maydonini sotmoqchi boʻlgan firibgar ushlandi

10:17 21 Dekabr 2022 Jamiyat
417 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar boʻlimi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro D.M. Buxoro tuman, “Shergiron” MFY hududidagi hokimlik zaxirasidagi 15 sotix yer maydonini fuqaro N.D.ga firibgarlik yoʻli bilan sotishga kelishib 90 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер